Tom Hiddleston
Tom Hiddleston | |
---|---|
![]() Hiddleston 2017-yilda | |
Tavalludi |
Thomas William Hiddleston 9-fevral 1981-yil London, Birlashgan Qirollik |
Fuqaroligi |
![]() |
Kasbi | Aktyor |
Faoliyat yillari | 2001 — hozirgacha |
Mukofotlari |
Lorens Olivye mukofoti (2008) Oltin globus (2017) |
Thomas William Hiddleston (talaffuzi: Tom Uilyam Hiddlston; 1981-yil 9-fevralda tugʻilgan[1]) britaniyalik aktyordir. Ilk bor Unrelated (2007) filmida rol ijro etgan. Thor (2011) filmida jonlantirgan Loki obrazi ortidan shuhrat qozongan. U oʻzining film karyerasini Joanna Hoggning Unrelated (2007) va Archipelago (2010) filmlari bilan boshlagan. 2011-yilda , Hiddleston Woody Allenning Midnight in Paris filmida F. Scott Fitzgerald rolini ijro etgan va Stiven Spilbergning War Horse filmida oʻynagan. Oʻsha yili u Empire Award for Best Male Newcomer sovrinini yutdi va BAFTA Rising Star Award ga nomzodi qoʻyildi. U kino rejissorlari bilan ish faoliyatini Terence Daviesning The Deep Blue Sea mustaqil filmi , Jim Jarmuschning romatik-vampir Only Lovers Left Alive (2013) va Guillermo del Toroning Crimson Peak (2015) filmlari bilan davom ettirdi. U , shuningdek , Ben Wheatleyning High Rise jangari filmida bosh rolni oʻynadi va avtobiografik I Saw The Light filmida tashvishli milliy musiqa qoʻshiqchisi Hank Williamsni oʻynadi. Kong: Skull Island (2017) filmi uning Marvel kinematografiya koinotidan tashqari boʻlgan ilk katta-byudjet bosh roli edi.
Hiddleston oʻzining sahnadagi debyutini 1999-yilda Journey’s Endda qildi. U teatrda oʻynashni West End mahsulotlari Cymbeline (2007) va Ivanov (2008) bilan davom ettirdi. U Cymbelinedagi roli uchun Oliver Award for Best Newcomer in a Playni yutdi va xuddi shu sovringa "Othello (2008)dagi Cassino roli uchun nomzodi qoʻyildi. Hiddleston Coriolanus (2013-2014) mahsulotida bosh rolni oʻynadi va Evening Standard Theatre Award for Best Actorni yutdi va Oliver Award for Best Actorga nomzodi qoʻyildi . U oʻzining Broadwaydagi debyutini 2019-yilda Harold Pinterning hali sahnada qoʻyilmagan klassik Betrayal dramasida qildi, shu dramadagi roli uchun Tony Award for Best Actor in a Playga nomzodi qoʻyildi.
Hiddleston 2012-yil BBC ning The Hollow Crownʼs Henry IV va Henry V televizion seriallaridagi ijrosi bilan ham mashhurdir . Hiddleston AMC\BBCning The Night Manager (2016) qisqa serialida bosh rolni oʻynadi va prodyuserlik qildi, ushbu ishlari uchun ikkita Primetime Emmy Award nominatsiyasini oldi va oʻzining ilk Oltin globus sovrinini Best Actor — Miniseries or Television Film oldi.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Tom Hiddleston - Flair Magazine“ (en-US). Qaraldi: 19-mart 2022-yil.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() |