Tolib Moʻminov
Tolib Moʻminov | |
---|---|
Tavalludi |
11-yanvar 1943-yil Samarqand, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR |
Vafoti |
22-dekabr 2021-yil (78 yoshda) Toshkent, Oʻzbekiston |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Taʼlimi | Samarqand davlat universiteti |
Ilmiy darajasi | fizika-matematika fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | akademik |
Mukofotlari |
Tolib Musayevich Moʻminov (1943.11.1, Samarqand shahri — 22.12.2021) — fizik olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (2000), fizikamatemat. fanlari doktori (1979), professor (1981). SamDU ni tugatgan (1965), SamDU va Birlashgan yadro tadqiqotlari instituti (Dubna shahri) da ilmiy xodim (1965—79). ToshDUda labratoriya mudiri (1979—81), Amaliy fizika ilmiy tadqiqot instituti direktori (1981 — 87; 1995-yildan), SamDU rektori (1992— 95). Ilmiy ishlari fundamental va amaliy yadro fizikasiga oid. Uning bevosita rahbarligida eksperemental yadro fizikasi uchun bir necha noyob ilmiy qurilmalar (SB—50 betatroni, MT—22S mikrotroni, EG—2 ionlar tezlatkichi, IBM kuchli ion dastasi injektori va boshqalar) yaratildi. Yaratilgan qurilmalar yordamida atom yadrosining xossalari, tezlashtirilgan elektronlar dastasining gaz muhitidan oʻtishi, yuqori energiyali gamma-kvantlar dastasining oʻta kichik burchaklarga sochilishi va radioekologiyaga oid izlanishlar oʻtkazdi. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1977).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
- 11-yanvarda tugʻilganlar
- 1943-yilda tugʻilganlar
- Samarqandda tugʻilganlar
- 22-dekabrda vafot etganlar
- 2021-yilda vafot etganlar
- Toshkentda vafot etganlar
- Beruniy nomidagi davlat mukofoti laureatlari
- Mehnat shuhrati ordeni sohiblari
- Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar
- Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademiklari
- Samarqand davlat universiteti bitiruvchilari