Karusel stanok

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Karusel stanok - katta (1500 t gacha) massali va katta (30 m gacha) diametrli (diametri uzunligidan ancha katta boʻlgan) buyumlarga ishlov berish uchun moʻljallangan, tokarlik stanoklari guruhiga kiruvchi metall qirqish stanogi. Shpindellari vertikal, planshaybasi (stoli) ning gorizontal joylashganligi bilan tokarlik stankolaridan farq qiladi. Bunda ishlov beriladigan buyum aylanma, supportga oʻrnatilgan asbob esa ilgarilanma harakatlanadi. Bir ustunchali va ikki ustunchali K. s.lar bor. Bir ustunchali K. yeda vertikal va 1 yoki 2 yon supportlar bor. K. yeda silindrik, konnussimon va shakldor yuzalar yoʻniladi, teshiklar yoʻnib kengaytiriladi, torets yuzalari yoʻniladi, revolver kallakli stanoklarda esa bulardan tashqari, parmalash, zenkerlash (teshiklarga toza ishlov berish) va razvyortkalash operatsiyalari bajariladi, maxsus moslamalar yordamida rezba qirqish, oʻyish, frezalash va silliqlash operatsiyalarini ham bajarish mumkin.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil