Toini Gustafsson

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Toini Gustafsson Rönnlund (1938-yilning 17-yanvar sanasida Karvonenda tugʻilgan) – shvetsiyalik sobiq changʻi uchuvchisi . 1964-1968-yillardagi Qishki Olimpiya oʻyinlarida toʻrtta medalni qoʻlga kiritgan. Shuningdek, Gustafsson Holmenkollen changʻi festivalida 1960, 1967 va 1968-yillarda 10 kmlik masofadagi bahsda gʻolib boʻlgan. 1962-yilda Changʻi boʻyicha Jahon Chempionatida uchta kumush medalni qoʻlga kiritgan (estafeta 3 × 5 km) va 1966-yilda ikkita bronza medallarini qoʻlga kiritgan (estafeta 10 km va 3 × 5 km). Holmenkollendagi muvaffaqiyatlari uchun Gustafsson 1967-yilda Holmenkollen medalini qabul qilib olgan(Ole Ellefsater bilan birgalikda). U Holmenkollen medalini qoʻlga kiritgan birinchi shved ayoli hisoblangan. 1968-yilda, Svenska Dagbladet Oltin medali bilan taqdirlangan.[1]

U ikki marta turmushga chiqqan va uning 1956-yilda tugʻilgan Eva ismli qizi bor. 1968-yilda birinchi turmush oʻrtogʻidan ajrashgan va shvetsiyalik sobiq changʻichi Assar Rönnlundga turmushga chiqqan.[2] Ular Holmenkollen medalilini qoʻlga kiritgan er-xotin jamoasi boʻlishgan (Ronnlund 1968-yilda medalni qoʻlga kiritgan). Bundan tashqari, ular Svenska Dagbladet Oltin medalini qoʻlga kiritgan yagona er-xotin jamoasi hisoblanishgan.

Gustafssonning kelib chiqishi finnlik. U Finlandiyaning Suomussalmi shahrida tugʻilgan. Lekin, 1944-yilda Shvetsiyaga Finlandiyadan urush bolasi sifatida evakuatsiya qilingan.1968-yilda nafaqaga chiqqan va keyinchalik, jismoniy tarbiya oʻqituvchisi boʻlib ishlashni boshlagan.

Natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Barcha natijalar Xalqaro changʻi federatsiyasidan (FIS) olingan. [3]

Olimpiya oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 4 ta medal (2 ta oltin, 2 ta kumush)
 Yil   Yosh   5 km   10 km   3 × 5 km 


estafeta 
1964-yil 26 6 8 Kumush
1968-yil 30 Oltin Oltin Kumush

Jahon chempionatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 3 ta medal (1 kumush, 2 bronza)
 Yil   Yosh   5 km   10 km   3 × 5 km  estafeta 
1962-yil 24 Kumush
1966-yil 28 6 Bronza Bronza

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Bragdmedaljörer genom tiderna“ (sv). Svenska dagbladet (2005-yil 6-dekabr). Qaraldi: 2015-yil 19-yanvar.
  2. „Assar Rönnlund död“ (sv). Svenska dagbladet (2011-yil 5-yanvar). Qaraldi: 2015-yil 19-yanvar.
  3. „GUSTAFSSON Toini“. FIS-Ski. International Ski Federation. Qaraldi: 2019-yil 13-dekabr.

4. |url=https://www.sports- reference.com/olympics/athletes/gu/toini-gustafsson-1.html |archive- 2. url=https://web.archive.org/web/20200417071017/https://www.sports-reference.com/olympics/athletes/gu/toini-gustafsson-1.html 3. |url-status=dead |archive-date=2020-04-17 |title=Toini Gustafsson}}