Togʻa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Togʻa
Rejissyor(lar) Rashid Malikov
Prodyuser(lar) Farhod Usmonov
Ssenariynavis(lar) Rashid Malikov
Rollarda
Bastakor(lar) Dmitiriy Yanov-Yanoviskiy
Kinematografiya Umid Malikov
Studiya(lar) "Oʻzbekfilm" kinostudiyasi
Chiqarilgan sanasi 2014-yil 9-aprel
Davomiyligi 82 daqiqa
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Til oʻzbekcha

Togʻa — 1980-yillardagi jarayonlarni tasvirga olingan, Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi buyurtmasiga asosan „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasi, rejissor Rashid Malikov tomonidan suratga olingan komediya, milodramma shaklidagi filmdir[1].

Mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Filmda tasvirlangan voqealar oʻtgan asrning 80-yillarida Buxoro shahrida boʻlib oʻtadi. Otasiz oilada voyaga yetayotgan Sanjar yozgi taʼtil davrida togʻasining uyiga mehmonga borib, bir muddat u yerda yashaydi. Uning togʻasi — Jumash aka tabiatan quvnoq, hazilkash inson. Biroq turmush oʻrtogʻi bilan befarzandlikdan aziyat chekadi. Turli yumushlarda togʻasiga qarashgan Sanjar qatʼiyat, iroda, maqsad sari intiluvchanlik, mehnatsevarlik, halollik kabi fazilatlarni aynan togʻasidan oʻrganadi. Bu fazilatlar unga kelgusida yaxshi inson, mohir shaxmatchi boʻlib shakllanishida asosiy omil vazifasini oʻtaydi. Voqealar Sanjar ismli shaxmatchi yirik musobaqa oldidan uyushtirgan matbuot anjumanidan boshlanadi. Unda bir muxbir qiz shaxmatchidan Jumash ismli kishi haqida soʻraydi. Jurnalistning savoliga javoban Sanjar anjumandan soʻng boshidan oʻtkazgan voqealarni hikoya qilib beradi. Hikoyadagi voqealar oʻtgan asrning saksoninchi yillari oxirida Buxoroda boʻlib oʻtadi. Sanjar oʻshanda toʻqqiz yashar bolakay edi. Ota-onasi ajrashib ketgan. U yozgi taʼtil paytida Jumash togʻasinikiga mehmonga borib, u yerda bir muddat yashaydi. Togʻasi garchi quvnoq, hazilkash odam boʻlsa-da, yuragining bir chekkasi kemtik, farzandi yoʻq edi. Shu bois Jumash jiyanini har doim oʻzi bilan birga etaklab yuradi. U baʼzan nojoiz ishlarga ham qoʻl uradi. Lekin oxir-oqibat oʻz xatolarini tushunib etadimi-yoʻqmi, filmni tomosha qilish asnosida bilib olish mumkin.

Film ijodkorlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rollarda

Ishlab chiqarish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Togʻa filmi Rashid Malikov tomonidan suratga olingan boʻlib voqealar rivoji Buxoro shahrida boʻlib oʻtadi. Kino kartinada asosan 1980-yillardagi jarayonlar yoritish maqsad qilingan. Bu kartinada „Andijon polkasi“ va polyak bastakori Mixail Oginskiyning „Oginskiy polonezi“ musiqi asarlaridan foydalanilagan[2]. 2014-yilning 9-aprealida Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida filmining taqdimoti boʻlib oʻtdi. Shu yilning oʻzida esa Rossiya kinofestivalida qatnashib sovrindor ham boʻlgan[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]