To‘raqulibiy
To‘raqulibiy | |
---|---|
![]() | |
Mansab davri 1710 – 1711 | |
Hukmdor | Ubaydullaxon II |
Oʻtmishdoshi | Abdullabiy |
Vorisi | Javshon |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1670-yil Buxoro shahri, Buxoro xonligi |
Vafoti |
1711-yil Buxoro shahri, Buxoro xonligi |
Oʻlim sababi | fitna natijasida o‘ldirilgan |
Toʻraqulibiy (1670-yil, Buxoro, — 1711-yil, Buxoro, Buxoro xonligi) — davlat arbobi va lashkarboshi, inoq[1], Buxoro xonligining oliy qushbegi (1710—1711).
Kelib chiqishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Toʻraqulibiy kelib chiqishi qalmoq-jungʻorlardan boʻlib, Buxoroda tugʻilgan.
Siyosiy va harbiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Buxoro xoni — ashtarxoniy Ubaydullaxon II (1702-1711) davrida oliy qushbegi Toʻraqulibiy inoq katta taʼsirga ega boʻlgan.
Ubaydullaxon II ikki lavozimni bir shaxsda birlashtirgan To‘raqulibiyga oliy qushbegi mansabini berdi. Taxminlarga ko‘ra, o‘shanda birinchi marta qushbegi qushbegiyi kull deb atalgan. Yaʼni qushbegiyi kull - hamma narsani boʻysundiruvchi qushbegi degan ma'noni bildiradi. Qushbegi hamma narsani oʻziga boʻysundirish bilan tez orada shuhrat qozondi
Toʻraqulibiy Buxoro saroyida qalmoqlar taʼsirining kuchayishiga hissa qoʻshdi, davlatda tartibsizliklar va oʻzaro nizolar kuchaydi. Buxorolik tarixchi Mir Muhammad Amin Buxoriy unga shunday tavsif bergan:
U yosh saroy xizmatchilari qatoriga kirdi, zarracha aql-zakovatga ega emas edi, shuning uchun har xil hazil-mutoyiba va masxarabozlar uning doimiy suhbatdoshi boʻldi; past darajali shoirlar bilan, opiofaglar va so‘zlovchilar bilan suhbatlashar, davlat boshqaruvi haqida hech qanday tasavvurga ega emas edi[2][3].
Boshqa joyda u buning aksini yozadi:
To‘raquli biy qushbegining ajoyib maʼnaviy fazilatlari qatorida uning hayosi, olimlarga, isteʼdod egalariga bo‘lgan katta hurmati ham bor edi. U ular uchun munosib boʻlgan hamma narsani qildi[4].
Shuningdek, Mir Muhammad Amin-i Buxoriy To‘raqulibiyning omadsizligini taʼriflar ekan, uning bu sifatini Ubaydullohxon II ning o‘ldirilishi sabablaridan biri bilan bog‘laydi va xonning o‘limini davlatning o‘limi bilan qiyoslaydi.
Oʻlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Buxoroda fitna natijasida Toʻraqulibiy oʻldirilgan va Javshon Buxoro oliy qushbegi lavozimiga tayinlangan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Inak pri ashtarxanidax yavlyalsya xranitelem xanskoy pechati
- ↑ Mir Muxammed Amin-i Buxari. Ubaydalla-name. Tashkent. AN UzSSR. 1957, s.238-239
- ↑ Mir Muxammed Amin-i Buxari. Ubaydalla-name. Tashkent. AN UzSSR. 1957, s.238-239
- ↑ „О ВОЗВЫШЕНИИ ЗНАМЕНИ СЧАСТЬЯ ТУРАКУЛИ КУШБЕГИ ИНАКА, О ДОСТИЖЕНИИ ИМ ПОЛНОГО БЛАГОПОЛУЧИЯ И ОБ ОЦЕНКЕ ЕГО ЗАСЛУГ О ПОВЫШЕНИИ ЕГО В ДОЛЖНОСТЬ ВЕРХОВНОГО КУШБЕГИ ПО ВОЛЕ АБСОЛЮТНОГО ГОСУДАРЯ В ЭТИХ СТРАНАХ МИРА. Мир Мухаммед Амин-и Бухари. Убайдалла-наме. Ташкент. АН УзССР. 1957., с.238-239“. 2018-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 16-sentyabr.