Toʻpolon astragali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
To‘polon astragali
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Eukariotlar
Tip: Gulli oʻsimliklar
Sinf: Ikki urugʻpallalilar
Turkum: Astragal
Oila: Burchoqdoshlar
Binar nomi
Astragalus tupalangi

Toʻpolon astragali (lotincha: Astragalus tupalangi) — burchoqdoshlar oilasi, astragal turkumiga kiruvchi koʻp yillik oʻt oʻsimlik. Birinchi marta rus botanigi Nikolay Goncharov tomonidan tasvirlangan. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kamyob, endemik tur sifatida kiritilgan. Surxondaryo viloyati Hisor tizmasi, To‘polondaryo havzasida uchraydi[1][2].

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boʻyi 35 sm, poyasi qisqa, yer osti poyasi yogʻon, qisqa shoxli koʻp yillik oʻt oʻsimlik. Oʻq ildiz sistemasiga ega. Barglari toq patsimon. Bargchalari 12-13 juft, tuxumsimon, uzunligi 20-27 mm ustki tomoni tuksiz, ostki qismining tomirlari siyrak, dagʻal tuklar bilan qoplangan. Gullari zigomorf, shingil toʻpgulda yigʻilgan. Shingili siyrak, koʻp gulli, uzunligi 6-7 sm. Gulbandining uzunligi 2-3 mm. Gulkosachabarglari besh dona, naysimon, uzunligi 20 mm, tuksiz, gulkosachabarglarining chetlari dagʻal tuklar bilan qoplangan. Gultojibarglari besh dona, och sariq rangda. Gullari quvursimon bir jinsli, changchi va urug‘chibargi alohida gullarda joylashgan. Changdonlari odatda oʻn dona, urugʻchisi bitta. Hasharotlar, arilar kapalaklar yordamida changlanadi. Mevasi — quruq dukkak meva. Dukkagi bandsiz, choʻziq ovalsimon shaklda, uzunligi 10-12 mm, eni 7 mm. May oyida gullab, mevasi iyun oyida pishib yetiladi.

Tarqalishi va oʻsish sharoiti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tabiatda kam uchrovchi endemik tur, yakka holatda uchraydi. Surxondaryo viloyati, Hisor tizmasi, To‘polondaryo havzalarida tarqalgan. Togʻning pastki qismidagi toshloq va ochilib qolgan harsang tosh yoriqlarida oʻsadi[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Астрагал тупаланский - Astragalus tupalangi - Описание таксона - Плантариум“. 2015-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 28-aprel.
  2. „Astragalus tupalangi“.
  3. O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi I jild, 2019.