Toʻgʻri burchakli uchburchak
Qiyofa
Toʻgʻri burchakli uchburchak — Bitta burchagi toʻgʻri, yaʼni 90° (yoki radian) boʻlgan uchburchak. Bunday uchburchakda toʻgʻri burchak qarshisidagi tomon gipotenuza, qolgan ikki tomon esa katetlar deyiladi.
Xossalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Toʻgʻri burchakli uchburchak boshqa uchburchaklardan farqli xossalarga ega.
Birinchi xossa
[tahrir | manbasini tahrirlash]Toʻgʻri burchakli uchburchakning qolgan ikkita burchagi oʻtkir boʻlib, ularning yigʻindisi 90° ga teng.
Ikkinchi xossa
[tahrir | manbasini tahrirlash]Toʻgʻri burchakli uchburchakning katetlaridan biri gipotenuzaning yarmiga teng boʻlsa, u katet qarshisidagi burchak 30° li boʻladi.
Uchinchi xossa
[tahrir | manbasini tahrirlash]Toʻgʻri burchakli uchburchakning gipotenuzaga tushirilgan medianasi gipotenuzaning yarmiga teng.