Timur Safin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Timur Safin
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi erkak
Tavallud paytidagi ismi Timur Marselevich Safin
Fuqaroligi Rossiya bayrogʻi Rossiya
Tavallud sanasi 4-avgust 1992-yil
Toshkent, Oʻzbekiston
Faoliyat yillari 1998
Boʻyi 1.82 m
Vazni 82 kg
Sport
Klubi SDUSShOR (UFA)
Murabbiy(lar)i L. R. Grushina, R. R. Nasibullin

Timur Marselevich Safin (tatarcha: Тимур Марсель улы Сафин, 1992-yil 4-avgust) – rossiyalik qilichboz, uch karra Yevropa chempioni, Jahon va Yevropa oʻyinlari chempionati sovrindori. Folga boʻyicha jamoaviy bahslarda Olimpiya chempioni (2016), folga boʻyicha shaxsiy bahslarda XXXI Olimpiada oʻyinlarining bronza medali, folga boʻyicha XXXII yozgi Olimpia oʻyinlarining jamoaviy bahslarida kumush medali sovrindori, Rossiya sport ustasi[1].

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Timur Marselevich 1992-yil 4-avgustda Toshkent shahrida tatar oilasida tavallud topgan[2] va keyinchalik Rossiyaga koʻchib oʻtgan. 1998-yildan beri qilichbozlik bilan shugʻullanadi[3]. Yoshlar (2008) va milliy (2012) Rossiya qilichbozlik terma jamoasi aʼzosi boʻlgan. Rossiya sport ustasi (2007) hamda qilichbozlik boʻyicha Rossiya xalqaro toifadagi sport ustasi (2012).

Timur 19-sonli sport maktabda (birinchi murabbiylari – F. Y. Arslanov, V. V. Nagimov) va 5-sonli sport Respublika maktab-internatida (murabbiylar: L. R. Grushina va R. R. Nasibullin) tahsil olgan.

2014-yilda Boshqirdiston jismoniy tarbiya institutini tamomlagan[4].

Safin Ufaning 19-sonli SDYUSSHOR klubida, keyin esa TsSKA jamoasida oʻynagan. U katta leytenant harbiy unvoniga ega.

Sport natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaxsiy musobaqada

Safin 2006-yil yoshlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatining bronza medali sovrindori, 2012-yil Jahon chempionati gʻolibi va oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionati bronza medali sohibi boʻlgan. 2011-yilda Yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida va shu yili erkaklar oʻrtasida boʻlgan Rossiya chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan.

Mukofotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yilda Rio-de-Janeyroda (Braziliya) boʻlib oʻtgan XXXI Olimpiada oʻyinlarida gʻalaba qozonish irodasini va qatʼiyatini namoyish etgan yuqori sport yutuqlari uchun 2016-yil 25-avgustda Doʻstlik ordeni bilan taqdirlangan[5].

2020-yil Tokioda (Yaponiya) boʻlib oʻtgan musobaqada mamlakat sportini rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi, yuqori sport yutuqlari, XXXII Olimpiada oʻyinlarida gʻalaba qozonish irodasi va qatʼiyati uchun 2021-yil 11-avgustda 1-darajali „Vatanga xizmatlari uchun“ medali bilan taqdirlangan[6].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „ПРИКАЗ «О ПРИСВОЕНИИ ПОЧЕТНОГО СПОРТИВНОГО ЗВАНИЯ „ЗАСЛУЖЕННЫЙ МАСТЕР СПОРТА РОССИИ“»“. 2019-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 18-avgust.
  2. „Мама Тимура Гульсина Сафина также ответила корреспонденту «БИЗНЕС Online» на татарском языке без какого-либо акцента: "Конечно, мы татары! Я вообще родилась в Татарстане, в деревне Нижнее Биктимирово Алькеевского района. В деревню каждый год ездим, последний раз была в марте, на юбилее у мамы. И Тимур прекрасно говорит на татарском, вообще, мы в семье разговариваем только на татарском языке“. 2016-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 20-avgust.
  3. „Сафин Тимур Марселевич - Федерация фехтования России“. www.rusfencing.ru. Qaraldi: 2023-yil 12-noyabr.
  4. „Сафин Тимур Марселевич - Федерация Фехтования Республики Башкортостан“. bashfencing.ru. Qaraldi: 2023-yil 12-noyabr.
  5. „Указ Президента Российской Федерации от 25.08.2016 № 429 «О награждении государственными наградами Российской Федерации»“. 2018-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 25-avgust.
  6. „Указ Президента Российской Федерации от 11 августа 2021 года № 463 «О награждении государственными наградами Российской Федерации»“. 2021-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 11-avgust.