Timur Akuluv

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Akulov Timur Yuryevich
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1953-yil 25-aprel
Yangiyoʻl shahri
Vafoti 2018-yil 2-may
Qozon shahri
Taʼlim LDU

Akulov Timur Yuryevich (25-aprel 1953-yil, Yangiyoʻl – 2-may 2018-yil, Qozon) – davlat va siyosat arbobi. 2012-yil 19-iyuldan Tatariston Respublikasidan VI chaqiriq Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Davlat Dumasi deputati, Rossiya parlamentidagi Mudofaa qoʻmitasi aʼzosi. Ilgari Tatariston maʼmuriyatida turli lavozimlarda ishlagan[1].

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Timur Akulov 1953-yil 25-aprelda Oʻzbekiston SSR, Toshkent viloyati, Yangiyo‘l shahrida tugʻilgan[2].

Mehnat faoliyatini 1970-yilda Oʻzbekiston SSR Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumani Kalinin nomidagi kolxozda boshlagan[3].

Sovet Armiyasi safida muddatli harbiy xizmatni oʻtagan. Keyin Leningraddagi Orjonikidze nomidagi Boltiqboʻyi kemasozlik zavodida kema montajchisi boʻlib ishlagan.

1974-yilda Timur Aqulov Leningrad davlat universitetining Sharq fakultetiga oʻqishga kirgan. 1979-yilda esa bu universitetni imtiyozli diplom bilan tamomlagan. Sharqshunos-tarixchi mutaxassisligini olgan.

Universitetni bitirganidan soʻng 1979—1982-yillarda Yaman Xalq Demokratik Respublikasida harbiy tarjimon boʻlib ishlagan.

1982-yilda ilmiy kutubxona xodimi boʻlgan.

1983-yilda Qozon davlat universitetida assistent lavozimini egallagan hamda u yerda 1991-yilgacha ishlagan. 1988—1991-yillarda Adan shahridagi (Yaman Respublikasi) Ijtimoiy fanlar institutida oʻqituvchi boʻlib ishlagan.

1991-yilda Tatariston Respublikasi Prezidentining xalqaro masalalar boʻyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangan. 1994-yilda esa lavozimi Tatariston Respublikasi Prezidentining xalqaro masalalar boʻyicha Davlat maslahatchisi darajasiga koʻtarilgan.

1995-yilda Timur Akulov Tatariston Respublikasi Prezidentining Tashqi aloqalar departamenti direktori boʻlgan. 2010-yil mart oyida u Tatariston Respublikasi Prezidentining tashqi aloqalar departamenti direktori lavozimini egallagan. 2011-yil mart oyida esa Tatariston Respublikasi Prezidentining yordamchisi lavozimiga tayinlangan.

2011-yilda Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasiga saylangan. Davlat Dumasi deputati sifatida u chet eldagi vatandoshlar bilan ishlash boʻyicha hukumat komissiyasining aʼzosi, shuningdek, Rossiya Federatsiyasining taʼsis etuvchi sub’ektlarining Xalqaro va tashqi iqtisodiy aloqalar boʻyicha maslahat kengashining aʼzosi boʻlgan.

Timur Akulov 2018-yil 2-may kuni Qozon shahrida vafot etdi[4].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Timur Akuluv turmush qurgan. Ikki nafar oʻgʻli va bitta nabirasi bor.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Акулов Тимур Юрьевич экс-депутат Государственной думы ФС РФ“ (ru). БИЗНЕС Online. 2021-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-iyun.
  2. „Справочник персоналий“. tatarstan.ru. 2021-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-dekabr.
  3. „Акулов Тимур Юрьевич, фото, биография“. persona.rin.ru. 2021-yil 15-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-dekabr.
  4. „Скончался бывший помощник президента РТ Тимур Акулов — Реальное время“ (ru). realnoevremya.ru. 2021-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-dekabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]