Tillatoʻra Niyozmatov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tillatoʻra Niyozmatov
Tavalludi 1941
Toshkent
Istiqomat joylari Tojikiston
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Sohasi Sharqshunos-filolog-hindshunos, filologiya fanlari nomzodi

Tillatoʻra Niyozmatov Raxmatullayevich (1941-yil Tojikistonning Fayzobod qishlogʻida tugʻilgan) — ToshDU (hozirgi OʻzMU) sharq fakultetining 1965-yil bitiruvchisi. Sharqshunos-filolog-hindshunos, filologiya fanlari nomzodi. 1966-yildan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorijiy boʻlimida maslahatchi-tarjimon, masʼul kotib, rais, soʻngra Osiyo va Afrika mamlakatlari yozuvchilari bilan aloqa qilish Respublika Komiteti raisining oʻrinbosari; 1971-yildan „Komsomolskaya pravda“ gazetasining Oʻzbekistondagi, keyin Afgʻonistondagi va 1982-yildan Baykal-Amur magistrali boʻyicha muxbiri (orada 1981-yil ToshDU yuridik fakultetini sirtdan tugatdi); 1986-yildan „Novosti“ Rossiya Axborot agentligining OʻzRdagi boʻlimi mudiri[1].

Hozirgi zamon hind adabiyoti uning asosiy ilmiy yoʻnalishi hisoblanadi. 10 dan ortiq maqola va risola muallifi.

Asosiy ilmiy ishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Nomz. diss. mavzusi: „Tvorchestvo Amritlala Nagara kak etap razvitiya sovremennoy literaturi xindi“. — Toshkent, 1970.

1. Amrit laʼl Nagarning „Qatra va ummon“ romani // Sharq yulduzi. — Toshkent, 1969.-№ 9. — B.216 — 221. 2. Noviy roman Amritlala Nagara // Zvezda Vostoka. — Tashkent, 1970. — № I. 3. Obraz Tai v romane Amritlala Nagara „Kaplya i okean“ kak virajeniye spetsifiki indiyskogo natsionalnogo xaraktera. - M., 1972 (toʻplamda). 4. Amritlal Nagar. Hayoti va ijodi. — Toshkent: Adabiyot va sanʼat, 1975. −96 b

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oʻzbekiston sharqshunoslari bibliografiyasi 2021.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • O`zbekiston sharqshunoslari bibliografiyasi, Toshkent, 2021 — ref=O`zbekiston sharqshunoslari bibliografiyasi bet.