Tibiya asbob

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tibiya (lotincha: tibia) — shamolli musiqiy cholgʻu asbobi, Rimdagi qadimgi yunon aulosasining oʻxshash boʻlgan.[1]

Rim tibiyasining paydo boʻlish vaqti va kelib chiqish tarixi haqida aniq maʼlumotlar mavjud emas. Mil.av. I asrda Mark Terents Varron uni etrusk madaniyati bilan bogʻlagan, bu esa keyinchalik arxeologik tadqiqotlar[2] bilan tasdiqlangan. Xuddi shu tuzilmadagi asboblar Qadimgi Yunoniston va Yaqin Sharqda ham ommabop boʻlgan.[2]

„Tibiya“ nomi (lotincha: tibia — „boldir suyagi“) shuni koʻrsatadiki, arxaik bosqichda hayvon suyaklaridan asbobni yasovchi material boʻlib xizmat qiladi (garchi teskari etimologiya ham mavjud: asbob nomini suyakka oʻxshash shaklda nomlangan).[3] Keyinchalik ular qamish, fil suyagi, yogʻoch, bronzadan ham yasalgan.[2][4] Tibiyaning nafaqat shakli, balki tovush diapazoni va registrida ham farq qiluvchi koʻplab turlari mavjud.[2] Shu oʻrinda qoʻsh tibiya ham ommabop boʻlib: ular uzunligi va diametri boʻyicha teng boʻlmagan ikkita naychadan iborat boʻlib, bu bir vaqtning oʻzida turli balandlikdagi tovushlarni chiqargan. Bunda, qoida tariqasida, naychalarning birida ohangdor chiziq chalingan, ikkinchisida esa uzluksiz akkompanement yaratilgan. Bundan tashqari, ikkita „yetakchi“ naychali tibiya ham boʻlgan boʻlishi mumkin; bu esa polifoniyani kashf etilishiga sababchi boʻlgan deb aytish mumkin.[5]

Etrusklarning keyinchalik rimliklarning kundalik hayotida tibiya muhim ahamiyat kasb etgan. Shu tarzda, etrusklarda u marosim va toʻy marosimlarida, shuningdek, qullarni mushtlashish va qatl etilishda qoʻllanilgan.[6][7] Rimliklarda tibiya joʻrligida toʻy, ziyofat va zafar qoʻshiqlarini kuylangan; diniy va motam marosimlarida ham hamroh boʻlgan.[7][5][6] Shuningdek, Tsitseron oʻzining „Qonunlar toʻgʻrisida“ risolasida dafn qilish harajatlarini cheklaydigan va oʻndan ortiq tibe-musiqachilarini yoʻllashga ruxsat beruvchi qonunga ishora qiladi. Natijada, dafn qilish qonuni joriy etilgunga qadar, oʻndan ortiq ijrochilarni tashkil etgan tibe-ansambli marosimda xizmat qilgan.[5] Shunindek, teatrlashtirilgan tomoshalarda ham ijro etishgan.[8]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Тибия // Большая российская энциклопедия : [в 35 т.] / гл. ред. Ю. С. Осипов. — М. : Большая российская энциклопедия, 2004—2017.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 Музыкальная энциклопедия 1981.
  3. Литвинова 2011.
  4. Powley 1996.
  5. 5,0 5,1 5,2 Герцман 1995.
  6. 6,0 6,1 James W. McKinnon, Robert Anderson. „Tibia“ (en). Grove Music Online.
  7. 7,0 7,1 Левин 1973.
  8. Wille 1967.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Герцман Е.В.. Музыка Древней Греции и Рима. СПб: Алетейя, 1995. 
  • Герцман Е.В., Ройзман Л.И. „Тибия“,. Музыкальная энциклопедия. М: Советская энциклопедия, 1981. 
  • Левин С. Я.. Духовые инструменты в истории музыкальной культуры. Л: Музыка, 1973. 
  • Литвинова Ю. А. «Античные» музыкальные инструменты в интермедиях на свадьбу Козимо I де Медичи и Элеоноры Толедской (1539). — 2011.
  • Harrison Powley „The Musical Legacy of the Etruscans“,. Etruscan Italy: Etruscan Influences on the Civilizations of Italy from Antiquity to the Modern Era. Indiana University Press, 1996 — 287—307 bet. 
  • Günther Wille. Musica Romana. Amsterdam: P. Schippers, 1967. 

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]