Avlos

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Avlos (yun. avlos) – yunon puflama sozi. Rimda (tibiya nomida) va Oʻrta den-giz havzasi mamlakatlarida tarqalgan, silindrsimon shakldagi 3–4 teshikli ikkita (qoʻsh) naychadan iborat boʻlgan. Keyinchalik teshikchalari 15 taga yetgan, ba’zilari suriluvchan halqa bilan beki-tilgan. Turli uzunlik va sozda yasalgan. Umumiy diapazoni taxminan birinchi oktava "re"dan – uchinchi oktava "re"gacha. Yak-kanavoz ijrochilik (avletika)da sozanda (avlet) bir vaqtda ikki A.dan foydalan-gan. Antik fojiada, qurbonlik marosi-mi, harbiy musiqa (sparga)da ishlatil-gan. A. joʻrnavozligidagi xonandalik avlodiya deb atalgan. Oʻzbek sozlaridan qoʻshnayta oʻxshab ketadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Avlos" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil