Kontent qismiga oʻtish

They Live in the Grey

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
They Live in the Grey

Teatr nashri uchun poster
Rejissyor(lar)
  • Abel Vang
  • Burlee Vang
Prodyuser(lar)
  • Stephen Stanley
  • Abel Vang
  • Burlee Vang
Ssenariynavis(lar)
  • Abel Vang
  • Burlee Vang
Rollarda
Bastakor(lar) David Williams
Kinematografiya Jimmy Jung Lu
Muharrir(lar) Cole Duran
Studiya(lar)
  • STANDOFF Pictures
  • Whiskey Stream Productions
Distribyutor Shudder
Chiqarilgan sanasi
  • 17-fevral, 2022-yil(2022-02-17) (United States)
Davomiyligi 123 daqiqa
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha

They Live in the Grey – 2022-yilda suratga olingan AQSh gʻayritabiiy dahshatli filmi. Ssenariy mualliflari Abel Vang va Burlee Vang filmga oʻzlari rejissyorlik ham qilgan. Filmda bosh rollarni Michelle Krusiek, Ken Kirby, Madelyn Grace, JR Cacia va Ellen Wroe ijro etgan[1][2]. Film Shudder platformasi orqali 2022-yil 17-fevralda namoyish etilgan.

Film syujeti[tahrir | manbasini tahrirlash]

CPS ishchisi Claire Yang (Michelle Krusiec) va uning politsiyachi eri Peter (Ken Kirby) oʻlgan oʻgʻlining xotirasini eslab qaygʻuli oqshomni oʻtkazishadi.

Claire arvohlarni koʻra olishi va hatto ular bilan muloqot qilish qobiliyatiga ega edi. Baʼzi arvohlar unga qandaydir tarzda jismoniy zarar yetkazishardi, boshqalari esa shunchaki qichqirardi yoki tikilib qolardi.

U potentsial zoʻravonlikka uchragan Sophie Langning (Madelyn Grace) uyiga keladi. U yerda qizning ota-onasi, sayohat agenti Audrey va rieltor Giles bilan uchrashadi. Qizi Sophie maktabdan turli jarohatlar bilan kelganini aytishadi, avvaliga ular qizini skeytborddan yiqilishda ayblashgan, ammo Claire uyda sharpa borligini aniqlaydi.

Eslatmalar orqali Claire va Peter haqida, shuningdek, oʻgʻli Lucasni qanday yoʻqotganliklari haqida koʻproq maʼlumotlar ochiladi. Claire Lucasning arvohini koʻradi.

Claire Audreyning arvoh bilan bogʻlanishga harakat qilish iltimosiga rozi boʻladi. Seans paytida u tungi koʻylakda aylanayotgan, keyinroq bilaklari kesilgan holatda hammomda tiz choʻkib oʻtirgan ayolni, uyda erkakni oʻldirayotgan ayolni va yosh oʻlik bolani koʻradi.

Vahiylar Claireni katatonik holatga keltiradi, u kasalxonada uygʻonadi. U yerda Ada ismli ayol bilan tanishadi, ayol Clairega oʻzining hayotiy maslahatlarini beradi. U kechasi xonasidan chiqib, bir nechta arvohlarga duch keladi. Xonasiga qaytganida, yotoqdan turib, yura olayotgan Adani koʻradi. Claire Adaning ketish uchun „tanlovi“ borligini taklif qiladi va Ada rozi boʻladi.

Claire tushida tungi koʻylakdagi ayolni koʻradi. Uydagi barcha dori-darmonlarni tashlab yuboradi va Peterga qoʻngʻiroq qilganda, uni kechga taklif qilib, hamma narsani aytib bermoqchi ekanligini aytadi.

Biroz vaqtdan soʻng, Claire tungi koʻylakdagi ayolga duch keladi, oʻzi oʻldirgan odam uning eri ekanligini va eri oʻgʻlini boʻgʻib oʻldirgani sababli undan qasos olganini aytadi. Keyin ayol Clairega Audrayning Sophieni urganini va arvoh Sophiega zarar bermasdan, uni shkafga berkitib, himoya qilganini koʻrsatadi.

Claire mashinada Sophiening uyiga boradi va eshik ochiq ekanligini koʻradi. Tungi koʻylakdagi ayol uni ichkariga olib boradi, Claire Audreyni Gilesga qurol bilan hujum qilayotganini koʻradi. Audrey Sophieni urganini tan oladi va uni oʻldirishini aytadi. Claire qurolni olishga harakat qiladi. Audrey zinadan yiqilib, vafot etgandek koʻrinadi.

Claire Audreyning jasadini tekshirgani kirganda, jasad gʻoyib boʻlganini koʻradi. Sophie bilan Claire eshik tomon yugurishadi va ularni Audrey pichoq bilan kutib oladi. Ular jang qilishadi, bu jarayonda Claire ikki marta pichoqlanadi. Claire arvohdan yordam soʻraydi, unga javoban Audreyning boʻynini koʻrinmas kuch sindirib tashlaydi.

Peter oshxonada hushidan ketgan Claireni topib, yordam chaqiradi. Claire Peterga oʻz qobiliyatini tan oladi va bu qobiliyatdan arvohlarning harakatlanishiga yordam berish uchun foydalanishga qaror qilganini aytadi[3][4].

Tanqidiy qabul[tahrir | manbasini tahrirlash]

Paste -dan Mett Donato shunday deb yozgan edi: „They Live in the Grey – bu tematik qatlamlarga va abadiy oʻlim qoʻrquviga ega boʻlgan kamtarona film. Hamma narsa qancha uzoq davom etsa, aktyorlar almashtirib boʻlmaydigan filmning yurakni vayron qiluvchi taʼsirchanligini tushunish uchun shunchalik qiyinlashadi“[5]. The Guardian jurnalisti Leslie Felperin shunday deydi: „They Live in the Grey – bu Shudder platformasidagi yana bir ajoyib film boʻlib, qoʻrqinchli va puxta oʻylangan, gʻayrioddiy kadrlar asosida ishlangan…“[6]

Rollarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „They Live in the Grey (2022)“ (en). FilmAffinity. Qaraldi: 2022-yil 11-noyabr.
  2. „They Live in the Grey“. Metacritic. Qaraldi: 2022-yil 11-noyabr.
  3. „They Live in the Grey (2022)“ (en). The A.V. Club. Qaraldi: 2022-yil 15-noyabr.
  4. Stone. „They Live in the Grey Effectively Blends Personal Drama With Supernatural Scares“. CBR.com (2022-yil 15-fevral). Qaraldi: 2022-yil 15-noyabr.
  5. Donato. „Underwhelming, Overlong Trauma-Horror They Live in the Grey Is for the Hallmark Crossover Crowd“ (en). Paste (2022-yil 16-fevral). Qaraldi: 2022-yil 11-noyabr.
  6. Felperin. „They Live in the Grey review – dead people get seen in artful poltergeist chiller“ (en). The Guardian (2022-yil 16-fevral). Qaraldi: 2022-yil 11-noyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]