Arvoh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Arvoh (arab. — ruhlar) — diniy tasavvurga koʻra, oʻlgan kishining bu dunyo bilan aloqa bogʻlab turadigan ruhi. A.ga ishonish ibtidoiy animistik tasavvurning koʻrinishlaridan biri. Bu tasavvurga binoan odam oʻlganda joni uning jis-midan ajraladi, u ruhga aylanib bu dunyo bilan, odamlar bilan aloqada boʻlib turadi. Musulmonlar oʻrtasida A.ga atab chiroq yoqish, holvaytar pishirish, xudoyi qilish kabi urf-odatlar mavjud.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil