The Black Arrow

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
The Black Arrow: A Tale of the Two Roses

Ilk nashr muqovasi
Muallif(lar) Robert Louis Stevenson
Til inglizcha
Janr(lar)i roman
Nashr etilgan sanasi 1888

„The Black Arrow“ („Qora oʻq“), toʻliq nomi „The Black Arrow: A Tale of the Two Roses“ („Qora oʻq: Ikki atirgul hikoyasi“) — shotland yozuvchisi Robert Louis Stevenson qalamiga mansub sarguzasht va sevgi romani. Kitob oʻlaroq birinchi marta 1888-yil Buyuk Britaniyada „Cassell and Company“ nashriyoti, AQShda „Charles Scribner’s Sons“ nashriyoti tomonidan chop etilgan.

Ilk bor 1883-yil „Young Folks“ bolalar jurnalida „The Black Arrow: A Tale of Tunstall Forest“ („Qora oʻq: Tunstall oʻrmoni hikoyasi“) nomi bilan chop etilgan. Asar jurnalda Captain George North taxallusi bilan nashr qilingan.

Asarga „Pastonlar maktublari“ (inglizcha: Paston Letters) nomi bilan tanilgan Pastonlar oilasi aʼzolari yozgan xatlar asos boʻlgan. Muallif asar kitob oʻlaroq ancha kech chop etilganini „Hikoya bir necha yil avval muayyan auditoriya uchun yozilgan edi“, deya izohlagan.

Syujet[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asarda Richard (Dick) Shelton (talaffuzi: Richard (Dik) Shelton) Qizil va oq atirgul urushi davomida boshidan kechirgan sarguzashtlari haqida hikoya qilinadi. Shelton ritsar boʻlib yetishadi. Sevgilisi Joanna Sedleyni (talaffuzi: Joanna Sedli) yovuz ritsar Sir Daniel Brackley (talaffuzi: Ser Deniel Brekli) changalidan qutqaradi. Shelton yana otasi Sir Harry Shelton (talaffuzi: Ser Xerri Shelton) qotillaridan qasos oladi.

Qahramonlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Richard (Dick) Shelton (talaffuzi: Richard (Dik) Shelton) – bosh qahramon
  • Sir Harry Shelton (talaffuzi: Ser Xerri Shelton) – Richard (Dick) Sheltonning otasi
  • Joanna Sedley (talaffuzi: Joanna Sedli) – bosh qahramon, Richard (Dick) Sheltonning sevgilisi
  • Ellis Duckworth (talaffuzi: Ellis Dekuort) – „Qora nayza“ ittifoqining asoschisi
  • Sir Daniel Brackley (talaffuzi: Ser Deniel Brekli) – yovuz ritsar
  • Sir Oliver Oates (talaffuzi: Ser Oliver Oats) – Sir Daniel Brackleyning kotibi
  • Bennet Hatch (talaffuzi: Bennet Xetch) – Sir Daniel Brackleyning yordamchisi
  • Nicholas Appleyard (talaffuzi: Nikolas Epplyard) – Agincourt (Azenkur) jangi veterani
  • Richard Crookback (talaffuzi: Richard Krukbek) – Richard III, boʻlajak qirol (tarixiy shaxs)
  • Lord Shoreby (talaffuzi: Lord Shorbi) – mahalliy magnat
  • Alicia Risingham (talaffuzi: Alisiya Rayzingem) – Joanna Sedleyning dugonasi

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]