Thai Airways

Thai Airways (inglizcha: Thai Airways International Public Company Limited; tay tili: การบินไทย) — Thai Airways International sifatida faoliyat yuritadi, Tailand milliy aviakompaniyasi hisoblanadi. 2020-yil 19-mayda bankrotlik toʻgʻrisidagi ish yuritish eʼlon qilindi[1].
Aviakompaniyaning asosiy aeroporti — Suvarnabhumi. Thai Airways International Star Alliancening asoschisi hisoblanadi. Aviakompaniya eng uzun toʻxtovsiz yoʻlovchi reyslarini amalga oshiradi, jumladan Bangkok — Los-Anjeles[2].


Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]
1960-yilda tashkil etilgan Thai Airways International taniqli SAS aviakompaniyasining bevosita ishtirokida tashkil etilgan qoʻshma korxona maqomiga ega edi. 1977-yilgacha SAS Thai Airways International kompaniyasining 30% ulushiga ega edi. 1977-yilda SAS kompaniyaga tegishli aktsiyalarning bir qismi (15%) Tailand hukumati tomonidan sotib olindi. Oʻzining texnik parkini va parvozlar geografiyasini oshirish boʻyicha strategik dastur doirasida Thai Airlines 1988-yilda Tailandning eng yirik mahalliy aviatashuvchisi Thai Airways kompaniyasi bilan birlashdi. Thai Airlines bir vaqtning oʻzida jahon aviatashuvchilarning eng yirik alyansi — Star Allianceni yaratish tashabbuskorlaridan biri boʻlgan[3].
Flot[tahrir | manbasini tahrirlash]
2018-yil oktyabr oyida Thai Airways quyidagi samolyotlardan foydalanhan[4]:
Thai Airways xalqaro floti | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|
Samolyot turi | Xizmatda | Yoʻlovchi sigʻimi | Eslatmalar | |||
F | C | Y | Jami | |||
Airbus A350-900 | 12 | N/D | — | |||
Airbus A380-800 | 6 | 12 | 60 | 435 | 507 | — |
Boeing 747-400 | 8 | 10 | 40 | 325 | 375 | — |
Boeing 777-200 | 6 | — | 30 | 279 | 309 | Ishdan chiqarish rejalashtirilgan[5] |
Boeing 777-200ER | 6 | 0 | 30 | 262 | 292 | — |
Boeing 777-300 | 6 | — | 34 | 330 | 364 | — |
Ultra uzoq parvozlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
2005-yil 1-maydan 2008-yil 1-iyulgacha Thai Airways International uzoq masofali A340-500 laynerida Bangkok — Nyu-York reysini toʻxtovsiz amalga oshirdi. Parvoz vaqti taxminan 17 soat edi. Shu bilan birga, Nyu-Yorkdan Bangkokga parvoz Norvegiya, Rossiya, Afg'oniston va Hindiston hududlari orqali amalga oshirilgan, qaytish esa Xitoy, Sharqiy Sibir, Alyaska va Kanada hududlari orqali amalga oshirilgan[6]. Samolyotlarning bandligi 80% bo‘lishiga qaramay, yoqilg‘i sarfi ko‘p bo‘lgani uchun parvozlar bekor qilingan[7].
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Таиланд собирается банкротить Thai Airways International — aeronautica.online“. 16-iyun 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-iyun 2020-yil.
- ↑ https://samolets.com/thai-airways/
- ↑ https://samolets.com/thai-airways/
- ↑ „Thai Airways International Fleet Details and History“. 6-avgust 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-noyabr 2017-yil.
- ↑ Eyre, David. „Thai Airways to retire 50 aircraft in next six years“ (en). Aviation WA (13-iyul 2011-yil). 22-noyabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 26-dekabr 2014-yil.
- ↑ https://samolets.com/thai-airways/
- ↑ https://samolets.com/thai-airways/