Tesey kemasi
Tesey kemasi (yoki Tesey paradoksi) bu biror obyektning tarkibiy qismlari almashtirilgan taqdirda uning asliyati saqlanib qolish yoki qolmasligi haqidagi farazdir. Rivoyatga koʻra, Afinaning afsonaviy yunon qiroli Tesey maxluq minotavrni oʻldirgandan soʻng, Afina aholisini qirol Minosdan qutqaradi va kemada Delosga qochib ketadi. Qadimgi afinaliklar ushbu afsonanni Delosga koʻchish paytida iloh Apollonni sharaflagan holda oʻzlari bilan olib borishgan.
Qadimgi faylasuflarda bir savol tugʻiladi: Bir necha asrlik texnik xizmatlardan soʻng, Tesey kemasining har bir qismi birma-bir almashtirilgan boʻlsa, u hali ham oʻsha kema boʻlib qoladimi?
Zamonaviy falsafada ushbu mantiqiy faraz vaqt oʻtishi bilan shaxsiyatni falsafiy oʻrganish uchun qoʻllanila boshlanadi hamda zamonaviy ong falsafasida shaxsiy o'ziga xoslikning barqarorligi bilan bogʻliq turli xil taklif qilingan yechimlardan biri boʻlib xizmat qiladi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Brown, Christopher. Aquinas and the Ship of Theseus: Solving Puzzles about Material Objects (inglizcha). A&C Black, 15-may 2005-yil. ISBN 978-1-84714-402-7. Qaraldi: 2022-yil 24-sentyabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Tesey paradoksi haqida videoroliklar: oʻzbekcha (XURMO), ruscha (TOPLES)