Teodor Nyoldeke

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kirish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Teodor NyoldekeNemis somiyshunos, arabshunos, eronshunos, turkshunos olimi.   Teodor Nyoldeke 1836-yil 2-martda Harburg shahrida tavallud topdi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1868-yildan Kilsk va Gattigen universitetlarida, 1872-yildan 1906-yilgacha Strasburg universitetida sharq tillari bo‘yicha professor lavozimida ishlagan. 1885-yil  Peterburg Fanlar akademiyasida muxbir a’zo va 1927-yildan SSSR Fanlar  akademiyasida fahriy a’zo hisoblangan. U Qur’oni Karim, somiyshunoslik, eronshunoslik, turkshunoslik hamda  sharq madaniyati va tili haqidagi 700 ga yaqin asarlar muallifi.

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

1930-yil 25-dekabrda Karlsrue shahrida vafot etgan.

Manba[tahrir | manbasini tahrirlash]

[1]

  1. Arab filologiyasiga kirish — 95 bet. 9-dekabr 2022-yilda qaraldi.