Temur Fattoh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Temur Fattoh (1910 — 1966) — sovet va oʻzbek jamoat arbobi, shoir, yozuvchi, tarjimon . Oʻzbekiston SSR madhiyasi matni ( Turab To‘la bilan birgalikda) hammuallifi sifatida tanilgan.

U 1910-yil 10-aprelda Skobelevda (hozirgi Farg‘ona shahrida) tug‘iladi. Temur Fattoh 1930-yilda u Moskvaga jo‘nab ketadi va S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya institutiga (hozirgi BDKU) o‘qishga kiradi. O‘qishni tugatgach, Toshkentga kelib, ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanadi, gazetalarda she’rlar yozadi, rus va sovet shoir va yozuvchilarining asarlarini rus tilidan o‘zbek tiliga tarjima qiladi, shuningdek, Temur Fattoh partiya organlarida ham faoliyat yuritadi. U 1947-yilda Turob To‘la bilan birga O‘zbekiston SSR madhiyasi matniga hammualliflik qiladi.

Temur Fattoh 1966-yili Toshkentda 56 yoshida vafot etadi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]