Kontent qismiga oʻtish

Tekstura

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Tekstura (lot. textura — gazlama, tuzilish) — amorf jismlardagi molekulalar (qarang Amorf holat) yoki polikristallarda, kristallar va gazlamalarda tolalarning muayyan yoʻnalishda joylashuvi. Tabiatda (mas., baʼzi minerallarda) uchraydi, sunʼiy usulda ham (mas., kristallash yoʻli bilan) hosil qilinishi mumkin. T. materiallarda xossalar anizotropiyayenga sabab boʻladi. Toʻqimachilikda tolalardan hajmdor (teksturlangan) ip olishda T. xossasiga asoslaniladi. T. togʻ jinslari va yogʻochda uchraydi, magnit T. ham mavjud.