Amorf holat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Amorf holat — moddaning kon-densatlangan holati. Atom va molekulalar tartibsiz joylashganligi tufayli moddaning fizik xossalari izotrop (barcha yoʻnalishlarda bir xil) boʻlishi bilan ifodalanadi. Moddaning kristall holatidan farqli ravishda bunda qattiq Amorf holatdan suyuq holatga oʻtish asta-sekin yuz beradi. Bitum, qahrabo, smola — ta-biiy Amorf holat da, oddiy shisha, eritilgan kvars, bakelit — sunʼiy holatda uch-raydi. Kristallar aniq temperaturada eriydi. Amorf jismlarda esa qizdirish nati-jasida ularning yumshoqligi ortadi, qovushoqligi kamaya boradi. Oddiy shi-shalar uchun bunday holat 500-1000°da davom etadi. Gaz va suyuqlik holatlarini ham Amorf holat ga oʻxshatish mumkin.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Amorf holat" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil