Tejaswini Pandit (talaffuzi: Tejasvini Pandit,1986-yil 23-mayda tug'ilgan) - marathi tilidagi kino va teleseriyallarda rol o'ynagan aktrisa. U Kedar Shindening "Aga Bai Arrecha" asarida debyut rolini o'ynadi. U Star Pravahning "Tuza Ni Maza Ghar Shrimantacha" teleseriyalida dastlabki rolini o'ynadi. U "Mee Sindhutai Sapkal", Tu Hi Re va Ye Re Ye Re Paisa filmlaridagi bosh rollari bilan tanilgan.
Pandit rejissor Kedar Shinde tomonidan suratga olingan "Aga Bai Arrecha" filmida salbiy rolni ijro etgan edi. Shundan so'ng u "Rakheli" teatr spektaklida rol ijro etdi. Keyinchalik u "Vavtal"da terrorchi guruh tuzog'iga tushib qolgan ayol rolini o'ynadi. U "Gaiir" filmida ham qatnashgan. Keyinchalik u haqiqiy voqealarga asoslangan "Mee Sindhutai Sapkal" filmida bosh rolni o'ynagan. Uning 2013-yilda suratga olingan “Mukti” filmi fermerlarning oʻz joniga qasd qilish holatlariga asoslangan edi. U keyinchalik rejissor Sanjay Jadxavning "Tu Hi Re" filmida Swapnil Joshi va Sai Tamhankar bilan birga o'ynadi. U MX Player veb-seriali hisoblanuvchi Samantarning bosh qahramonlaridan biri rolini o'ynaydi.[2]
Tejasvini 2012-yil 16-dekabrda bolalikdagi va doimiy uchrashib yurgan sevgilisi hisoblangaqqn Bhushan Bopchega turmushga chiqdi.[3] Bhushan sanoatchi tadbirkor va Hindistondagi mashhur inson Rameshvar Roopchand Bopchening o'g'li. Nikoh marosimi 2012-yil 16-dekabr yakshanba kuni Gondia shahrida bo'lib o'tdi.