Tavakkal Topvoldiyev
| Tavakkal Temirovich Topvoldiyev | |
|---|---|
|
| |
| Tavalludi |
30-sentyabr 1934-yil |
| Vafoti |
26-dekabr 2016-yil (82 yoshda) Andijon |
| Fuqaroligi | SSSR |
| Unvoni |
|
| Mukofotlari |
|
Tavakkal Temirovich Topvoldiyev(1934-yil 10-sentyabr, Shahrixon tumani – 2016-yil 26-dekabr, Andijon) – sovet va oʻzbek davlat hamda siyosat arbobi[1]. 1965—1985-yillar mobaynida Boʻz, Ulugʻnor, Jalaquduq tumanlarida birinchi rahbar lavozimida faoliyat koʻrsatgan. Oʻzbekiston Qahramoni[2].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tavakkal Topvoldiyev 1934-yil 10-sentyabrda Andijon viloyatining Shahrixon tumanida ishchi oilasida tugʻildi. 1957-yili Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini muhandis-gidrotexnik mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
U oʻz mehnat faoliyatini 1957-yilda Andijon viloyati sugʻorish boshqarmasida muxandis-meliorator vazifasidan boshlagan. 1957-1965-yillarda Andijon viloyati igratsiya tarmoqlari tizimida turli lavozimlarda samarali mehnat qilgan. 1965-yilda Boʻz (hozirgi Boʻston tumani) tumani tashkil etilgandan soʻng, Tavakkal Topvoldiyev tuman partiya koʻmitasining II kotibi, 1971-yilning noyabr oyidan 1974-yilga qadar I kotibi vazifasida ishlagan. 1974-yilda Komsomolobod rayoni (hozirgi Ulugʻnor tumani) tashkil etilgandan soʻng 1979-yilga qadar shu tumanda yetakchi rahbar sifatida faoliyat koʻrsatgan. 1979—1985-yillarda Jalaquduq tumanining ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-maʼrifiy yuksalishiga munosib hissa qoʻshdi. Tumanning adir hududlaridagi yer maydonlari oʻzlashtirilib, „Gulbaxor“ nomli suv nasos stansiyasi 1982-yili qurildi va sugʻorish ishlari amalga oshirdi. 1985—1996-yillarda Andijon viloyatida turli mas’ul vazifalarda ishladi. Jumladan, 1990—1996-yillarda Andijon viloyati jamoa xoʻjaliklararo kengashi raisining oʻrinbosari boʻldi. 1996-yildan 2016-yilga qadar esa Oʻzbekiston faxriylarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash „Nuroniy“ jamgʻarmasi viloyat boʻlimi Kengashining raisi lavozimida faoliyat yuritdi.
2012—2014-yillarda uning tashabbusi bilan 7 ta tumanda jami 16 gektarlik „Nuroniylar bogʻi“, 2 ta „Otalar choyxonasi“ tashkil etilgan, 12 ta ziyoratgohda obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi, 39 ming tup mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekilgan.
Tavakkal Topvoldiyev qariyb oltmish yillik mehnat faoliyati davrida viloyat hududlari, tarmoq va sohalarini rivojlantirish hamda keng koʻlamli obodonlashtirish ishlariga munosib hissa qoʻshgan. Vatanimiz mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlab viloyatda mamlakat ahamiyatiga ega boʻlgan yirik istiqbolli loyihalarni amalga oshirishda faol ishtirok etgan.
Koʻp yillik mehnatlari va fidokorona xizmatlari uchun „Doʻstlik“, „El-yurt hurmati“ ordenlari hamda 2015-yida „Oʻzbekiston Qahramoni“ unvoni bilan taqdirlangan.
Tavakkal Topvoldiyev 2016-yilning 26-dekabr kuni vafot etgan[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Tavakkal Topvoldiyev Qaralgan sana=16.08.2024“ (oyina.uz).
- ↑ „„O‘zbekiston ovozi" gazetasi 2015-yil 27-avgust soni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Qahramoni” unvonini berish to‘g‘risida"gi Farmoni Qaralgan sana=16.08.2024“ (http://press.natlib.uz/).+2024-yil 16-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 16-avgust.
- ↑ „O‘zbekiston Qahramoni Tavakkal Topvoldiyev vafot etdi Qaralgan sana=16.08.2024“ (kun.uz).
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 30-sentyabrda tugʻilganlar
- 1934-yilda tugʻilganlar
- Shahrixon tumanida tugʻilganlar
- 26-dekabrda vafot etganlar
- 2016-yilda vafot etganlar
- Andijonda vafot etganlar
- Oʻzbekiston qahramonlari
- Doʻstlik ordeni sohiblari
- El-yurt hurmati ordeni sohiblari
- Lenin ordeni sohiblari
- Oktabr Inqilobi ordeni sohiblari
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari
- Oʻzbekiston Kompartiyasi tuman qoʻmitalari birinchi kotiblari