Tashbih

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Tashbih (arab. — oʻxshatish) — sheʼriy sanʼatning biri, soʻzlarda ifodalangan ikki yoki undan ortiq narsa, hodisa yoki xususiyatni ular oʻrtasida mavjud boʻlgan biror oʻxshashlik, umumiylik nuqtai nazaridan qiyoslash. T. 4 qismdan — mushabbah (oʻxshatilgan narsa), mushabbahunbeh (oʻxshatayotgan narsa), adoti tashbih (oʻxshatish vositalari), vajhi tashbih (oʻxshatish sababi)dan iborat. Mas., "Alisher shijoatda arelondek edi" jumlasida Alisher — mushabbah, arelon — mushabbahunbeh, dek — adoti T., shijoat — vajhi T.dir. Oʻxshatilayotgan narsa yoki hodisalarning bir-biri bilan kay darajada moye tushishiga qarab tashbihi tom (toʻliq T.) va toʻliq boʻlmagan T.ga boʻlinadi. T. tuzilishi va xususiyatlariga koʻra tashbihi sarih (ochiq oʻxshatish), T.i mashrut (shartli oʻxshatish), T.i tafzil (chekinish yoʻli bilan oʻxshatish), T.i aks (teskari oʻxshatish), T.i tasviya (barobar oʻxshatish), T. i musalsal (ketma-ket oʻxshatish), T. i kinoyat (kinoya yoʻli bilan oʻxshatish), T. i moʻʼkad (taʼkid yoʻli bilan oʻxshatish), T.i muzmar kabi koʻrinishlarga ega.

T. koʻpincha boshqa sanʼatlar bilan aralash holda keladi. Bir qator sheʼriy sanʼatlar esa bevosita T. zaminida paydo boʻladi. T. faqat soʻz oʻyini sifatida emas, balki ijodkor gʻoyalarini badiiy yorqin ifodalashga xizmat kiladi.