Kontent qismiga oʻtish

Tarixiy sharh jurnali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tarixiy sharh jurnali
Sohasi tarixiy, ilmiy jurnal
Davriyligi 19801986, 19882002
Tili ingliz tili
Nashriyot (mamlakat) Uillis Kartos (Amerika)
ISSN0195-6752

Tarixiy sharh jurnali (inglizcha: Journal of Historical Review) — koʻrib chiqilmagan tarixiy voqealarni yoritishga qaratilgan ilmiy jurnalidir[1]. Jurnalga Uillis Kartos asos solgan[2].

Jurnalda chop etilgan maqolalar mavzusi asosan sotsialism, ikkinchi jahon urushi, Holokost davridagi Germaniya tarixiga bagʻishlangan. Garchi maqolalarning bir qismi tarixning oldingi davrlariga bagʻishlangan boʻlsa-da, asosiy mavzu — Holokost tarixiga asoslanganligidadir[3].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jurnal 1980-yil bahoridan boshlab yiliga toʻrt marotaba nashr etila boshlangan. Jurnal 1980-yildan 1986-yilgacha nashr etilgan boʻlib, 1987-yil nashr etish toʻxtatilgan. Keyinchalik Torrance (Kaliforniya shtati) instituti tomonidan 2002-yildan ushbu jurnalning nashr etilishi davom etgan[4]. 2002-yildan boshlab Institut jurnalning rasmiy saytini va elektron pochta manzilini yurita boshlaydi. Jurnalning nashr etilishi hozirda yana toʻxtatilgan. Shunga qaramay, ilgari chiqqan jurnal sonlari Noontide Press [Noontide Press] nashriyoti tomonidan tarqatilishi va sotilishi davom etmoqda.[5]

Tanqidlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jurnalning tanqidchilari, jumladan, Daniya Xolokost va Genotsid tadqiqotlari markazi va Milliy xavfsizlik agentligi tarixchisi Robert Hanyok jurnalni soxtalikda ayblagan[6][7]. Noam Chomskiy jurnal uchun maqolalar yozgan muallif Robert Faurissonni himoya qilganida, bu katta bahs-munozaralarga olib keldi. Chomskiy oʻz maqolalarida keltirilgan har qanday aniq daʼvolarni emas, balki Faurissonning soʻz erkinligi huquqini himoya qilganini taʼkidlagan.

Amerika tarixchilari tashkiloti komissiyasi jurnalning mazmunini oʻrganib chiqgan. Unda komissiya ushbu jurnalni „maskaraddan boshqa narsa emas“ degan fikrni ilgari suradi[8]..Jurnalning tarixiy ilmiy nashr sifatida joylashishiga qaramay, Amerika tarixchilari tashkiloti jurnalni bibliografik toʻplamlarga kiritishdan bosh tortgan. Chunki ilmiy dunyoda Holokostni qayd etish marginal nazariya va siyosiy targʻibot hisoblanadi[9][10].

Tarixchi Jonatan Petropoulos "Tarix oʻqituvchisi" akademik jurnalidagi maqolasida Tarixiy sharh jurnali xabarlari irqchilik va antisemitizm boʻyicha chop etilishini yozib oʻtgan[11]: "Jurnalda hayratlanarli darajada irqchilik va antisemitizm haqidagi maqolalar chop etilgan boʻlib, „Amerika irqiy siyosati“ va Isroilga qarshi materiallarni ham koʻrishimiz mumkin… Ular ushbu vaziyatga aniq parvo qilmaydilar. Ular revizionistik anʼanalarning davomchilaridir va ularni „Holokostni inkor etuvchilar“ deb atash kerak."

Xuddi shunday maʼlumot Amerika inson huquqlari tashkiloti Southern Poverty Law Center [12] tomonidan ham aytib oʻtilgan.

Jurnalning tarixiy ilmiy nashr hisoblanishiga qaramay, Amerika tarixchilar tashkiloti jurnalni bibliografik toʻplamlarga kiritishdan bosh tortgan. Chunki ilmiy dunyoda Holokostni qayd etish siyosiy targʻibot hisoblanadi[13][14].

Rus tarixchilari I. V. Rijov, M. Yu. Borodin Tarixni qayta koʻrib chiqish instituti tomonidan nashr etilayotgan Tarixiy sharh jurnali haqida taʼkidlashicha: "Tarixiy jurnali nashr etilishi nafaqat kishilarni yagona harakatga birlashtirishga, balki ularning faoliyatiga shakl berishga ham yordam beradi[15]."

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Кэрролл Р. Т. „Отрицание холокоста“. Энциклопедия заблуждений. 2015-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 18-aprel.
  2. „Holocaust Deniers Crack-Up“ (en). The Nizkor Project (1994-yil 16-iyun). 1999-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 18-aprel.
  3. Morris 2006.
  4. „Institute for Historical Review“ (en). Southern Poverty Law Center. 2015-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 15-aprel.
  5. „Journal of Historical Review“. Journal of Historical Review. 2017-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 17-aprel.
  6. Berlet, Lyons 2000.
  7. „Источник“. 2005-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 18-aprel.
  8. Webarxiv andozasida xato: |url= qiymatini tekshiring. Boʻsh.
  9. Andoza:Книга:Отрицание отрицания, или битва под Аушвицем
  10. Andoza:Sfn0
  11. Andoza:Sfn0
  12. „Institute for Historical Review“ (en). Southern Poverty Law Center. 2015-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 15-aprel.
  13. Andoza:Книга:Отрицание отрицания, или битва под Аушвицем
  14. Andoza:Sfn0
  15. Рыжов, Бородина 2015.