Klon tanlash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Klon tanlash (oʻsimliklarda) — yaxshi klonlarni ajratib olish; vegetatsiya yoʻli bilan koʻpayuvchi oʻsimliklar navlarini yaxshilash usuli. Klon tanlash kartoshkachilik, uzumchilik va mevachilik seleksiyasida keng qoʻllaniladi. Klon tanlash (vegetativ yul bilan koʻpayuvchi oʻsimliklarda yakka tanlash) orqali aksariyat navning ayrim xususiyatlari (kasalliklarga, qurgʻoqchilikka chidamlilik) va boshqalarni yaxshilashga erishiladi. Mas, Klon tanlash yoʻli bilan kartoshka rakiga chidamli kartoshka navlari chiqarilgan. Mevachilikda klon payvandtaglar keng qoʻllaniladi. Gʻoʻza seleksiyasida Klon tanlashdan faqat chatishtirilgan turlarning xromosomalar toʻplami nomutanosibligi tufayli bepusht toʻplami noyob duragaylarini (turlararo chatishtirishda) koʻpaytirish va saqlashda foydalaniladi. Bunda ildiz tarmogʻi kuchli rivojlangan madaniy gʻoʻza turlari shoxlariga duragay oʻsimlik qalamchalari ulanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil