Tank 700

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tank 700

2021-yil
Asosiy maʼlumotlar
Ishlab chiqaruvchi Tank (GWM)
Model yili 2023
Segment J
Kuch moslamalari
Dvigateli 3 l V6
Transmissiyasi 9 pogʻonali avtomat
Yuqori tezligi 190 km/s
Oʻlchamlari
Gʻildirak bazasi 3,000 millimetr (9.8 ft)
Gʻildirakformulasi 4x4
Uzunligi 5,090 millimetr (16.70 ft)
Kengligi 2,061 millimetr (6.762 ft)
Balandligi 1,952 millimetr (6.404 ft)
Toʻliq vazni 2,700 kilogram (2.7 t)
Eksteryer
Kuzov turi Yoʻltanlamas
Oʻrindiqlar soni 5
Eshiklar soni 5
Boshqa maʼlumotlar
Aloqador avtomobillar Land Cruiser 250

Tank 700 – Xitoyning yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilaridan biri boʻlmish Great Wall Motors kompaniyasiga[1] qarashli Tank subbrendi ostida ishlab chiqariluvchi katta oʻlchamli yoʻltanlamas[2].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tank 700 ilk konsept model sifatida 2021-yilda Shanxaydagi avtomobil koʻrgazmasida taqdim etilgan[1]. 2022-yil iyul oyida ushbu modelning ommaviy ishlab chiqarilishi mumkin boʻlgan versiyasining suratlari tarqaladi[1]. Great Wallning Tank subbrendi Tank 300 va Tank 500 avtomobillarni ishlab chiqargach, ushbu modellar qatoridagi uchinchi modeli boʻlmish Tank 700 ni ishlab chiqarishni boshladi[3]. Avtomobil ilk partiyasi 70 ta dona cheklangan miqdorda ishlab chiqarilgan va narxi 98 ming dollar edi. 2024-yil fevralda Tank 700 Hi4-T versiyasining taqdim etildi[4].

Texnik koʻrsatkichlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yon tomonidan koʻrinishi

Tank 700 „E30Z“ 3 litrli V6 turbo dvigatel bilan jihozlangan boʻlib, u 360 ot kuchi va 450 Nm quvvatga ega. Avtomobil benzin yoqilgʻisida harakatlanadi. Yoʻltanlamas toʻqqiz pogʻonali avtomat uzatmalar qutisiga ega[4]. Eng yuqori tezligi soatiga 190 kilometrni tashkil qiladi[3].

Avtomobilning uzunligi 5090 mm, kengligi 2061 mm, boʻyi 1952 mmni tashkil qiladi. Gʻildiraklar bazasi 3000 millimetr, umumiy ogʻirligi 2700 kilogramm. Avtomobilga standart 20 dyuymli gʻildiraklar oʻrnatilgan. Buyurtma qilish vaqtida ularni 22 dyuymli gi’ldirak oʻrnatib berilishi ham mumkin. Tank 700 da oʻrindiqlar soni besh kishiga moʻljallangan[3]. Tank 700 Hi4-T ning tepalikka chiqish va tushish burchaklari mos ravishda 37,8° va 37,6° ni tashkil qiladi. Klirensning maksimal balandligi 282 mm, gʻovlardan oʻtish chuqurligi esa 970 mm[4].

Sotuvlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tank 700 Hi4-T birinchi modifikatsiya Extreme Edition deb nomlanib uning narxi 59 500 dollarga baholangan. Tank 700 Hi4-T ning ikkinchi modifikatsiyasi ham Extreme Edition deb ataladi va uning narxi 65 000 dollarni, uchinchi modifikatsiyasi boʻlmish Limited Edition esa birinchi modifikatsiyadan deyarli ikki baravar qimmat boʻlib, uning narxi 97 300 dollarni tashkil qiladi. Tank 700 Hi4-T Limited Edition versiyasini ishlab chiqarish 10 barobarga oshirilib, har yili 700 dona ishlab chiqarilish moʻljallangan[4].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]