Tanishaa Mukerji

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tanishaa Mukerji
Tavalludi 1978-yil
Fuqaroligi Hindiston
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 2003-yildan hozirgi kungacha.
Otasi Shomu Mukherjee
Onasi Tanuja

Tanisha Mukerji - hind, telugu va tamil filmlaridagi asarlari bilan tanilgan hind aktrisasi. Mukerji-Samarth oilasining davomchisi. U kinorejissor Shomu Mukerji va aktrisa Tanujaning qizi. Aktrisa Kajolning singlisi. U 2003-yilda hind filmi bo'lgan "Sssshhh..."da dastlabki rolini o'ynagan. U birinchi marta Ram Gopal Varmaning "Sarkar" nomli filmida Amitabh Bachchan va Abhishek Bachchan bilan birga rol o'ynadi.[1] U Hindistonda nufuzli bo'lgan "Bigg Boss 7" realiti-shousining ishtirokchisi bo'lib, u yerda birinchi o'rinni egalladi.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tanishaa Mukerji Shomu Mukerji va Bollivud faxriysi Tanujaning qizi. U Bollivud aktrisasi Kajolning singlisi. Otasi asli bengaliyalik, onasi esa marathi. Tanishaa Mukerji turmushga chiqmagan.[2]

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Film debyuti va yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tanishaa Bollivuddagi ilk rolini o'zining "Sssshhh..." filmida Karan Nath bilan oldi. Uning Vinay Ray bilan bo'lgan "Unnale Unnale" nomli tamil filmidagi roli muvaffaqiyatli bo'ldi va unga Vijay Award mukofotida "Eng yaxshi debyut aktrisa" nominatsiyasida nomzod bo'ldi. 2005-yilda u Uday Chopra bilan "Neal N Nikki" filmida ayol bosh qahramonini o'ynadi. U "Popkorn Khao" kabi filmda ham rol o'ynagan.[3]

"Bigg Boss" shousi va keyingi muvaffaqiyat[tahrir | manbasini tahrirlash]

U "Bigg Boss 7" televizion realiti-shousida ishtirok etdi va birinchi o'rinni egalladi.[4][5] Keyinchalik u Gangs of Haseepur komediya shousida hakamlardan biri sifatida ishtirok etdi.[6] 2016-yilda Tanishaa "Fear Factor: Khatron Ke Khiladi 7" televizion shouda ishtirok etdi va finalchiga aylandi.

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yil.

Filmlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Sarlavha Rol Izohlar
2003 Sssshhh... Mahek Gujral
2004 Popcorn Khao! Mast Ho Jao Tanya
2005 Neal 'n' Nikki Nikkita Bakshi
Sarkar Avantika
Tango Charlie Lachchi Narayan
2007 Unnale Unnale Deepika Tamil film
2008 One Two Three Chandni
Kantri Pyaasi Priya Telugu film
Sarkar Raj Avantika
2010 Tum Milo Toh Sahi Nomsiz Cameo ko'rinishi
2016 Anna Shikha
2021 Code Name Abdul Salma

Televizion[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Sarlavha Rol Izohlar Mnb.
2013 Bigg Boss 7 Musobaqa ishtirokchisi 1-o'rin sohibi [7]
2014 Gangs of Haseepur Hakam
2015 Bigg Boss 9 O'zi Mehmon
2016 Fear Factor: Khatron Ke Khiladi 7 Musobaqa ishtirokchisi 4-o'rin
Bigg Boss 10 O'zi Mehmon
2017 Comedy Nights Bachao
Bigg Boss 11
2018 Entertainment Ki Raat

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]