Tangentenflyugel

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tangentenflyugel (nemischa: Tangentenflügel) — klavesin va pianino xususiyatlarini oʻzida mujassam etgan XVIII asrning ikkinchi yarmida paydo boʻlgan klaviaturali cholgʻu asbobi; hammerklavierning avvalgi ajdodi. U 1750-yillarda Regensburgda ushbu asbobni ishlab chiqarishga asos solgan Frants Yakob Shpet (Kristof Fridrix Shmal bilan birgalikda Späth & Schmahl)tomonidan ixtiro qilingan. Boshqa mamlakatlarda shu kabi asboblar aksar hollarda tayyor klavesinlardan (mexanikani almashtirish orqali) ishlab chiqarilgan. Tangentflyugel ohangining tabiatiga koʻra, yuqori registrlarda pianinoga, pastkida klavesinga yaqinroq.

Karl Filipp Emmanuel Baxning bir qator klavier asarlari tangentenflügel uchun maxsus moʻljallangan, deb ishoniladi. U 1777-yilda Volfgang Amadeus Motsartga yozgan maktubida, garchi uning fikrlari (Iogann Andreas Shtayn asarining cholgʻu asbobi yoʻnalishida, yaʼni pianinoga) oʻzgarayotganini taʼkidlasada, „Shpetov klaviri“ga hayrixohligi haqida (nemischa: spättische Clavier) soʻz yuritadi[1]. XVIII asrning oxiriga kelib, fortepiano tangentenflyugel oʻrnini butunlay egalladi.

Autentistlar faoliyati tufayli qadimiy cholgʻu asboblariga boʻlgan qiziqishning tiklanishi natijasida XX asrning ikkinchi yarmida tangentenflügelning bir necha nusxasi yaratildi. Baʼzi musiqachilar tegishli tarixiy davrd musiqalarini chala boshladi. Xususan, Ditrix Fisher-Dieskau tangentenflügel (Jörg Demus) joʻrligida K. F. E. Bax qoʻshiqlari diskini yozdi. Xuddi shu bastakorning klavier qismlarini tangentenflügelda Miklosh Spagni (shu jumladan, bir qator konsertlarni) va Rolf Junghans yozib olgan. Gislen Potvlige oʻzi yasagan tangentenflügelda[2] Motsart va Haydnning kompozitsiyalari ijro etadi. Motsart va Haydn musiqalari Boyan Vodenicharov va boshqalar tomonidan ijro etilgan. Tangentenflügel Rossiya tinglovchilariga ilk marotaba Aleksey Lyubomov tomonidan 2008-yili boʻlib oʻtgan „Antikvarium“ Moskva qadimgi musiqa festivalida taqdim etilgan[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]