Talaba sport uyushmasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

"TALABA" SPORT UYUSHMASI - OʻzRdagi oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari oʻquvchilari hamda talabalarining sport uyushmasi. 2002 y. 25 dek.da tuzilgan. Oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarining talabalari, magistr, aspirant, prof.oʻqituvchilari, ilmiy xodimlari, ishchi, xizmatchilari oʻrtasida jismoniy tarbiya, sport va turizmni ommalashtirishga daʼvat etilgan. Toshkent sh., viloyatlar va Qoraqalpogʻiston Respublikasida uyushmaning boʻlimlari, oliy oʻquv yurtlarida esa "Talaba" sport klublari tuzilgan. "T." su. har 3 yilda 1 marta 20 ga yaqin sport turlari boʻyicha universiadalar oʻtkazadi. Universiadalar oraligʻida sport turlari boʻyicha chempionat va kubok musobaqalarini uyushtiradi. 1universiada Namangan shahrida boʻlib oʻtgan (2000).

Uyushma safida 87 184 aʼzo boʻlib, ulardan 20 mingga yaqini sport seksiyalarida muntazam shugʻullanadi, 9272 nafar 3 va 2razryadli, 2742 nafar 1razryadli, 858 nafar sport ustaligiga nomzod, 636 nafar sport ustasi, 97 nafar xalkaro toifadagi sport ustasi bor (2003). Oliy taʼlim muassasalaridagi 120 ta sport zali, 52 ta futbol maydoni, 71 ta qoʻl toʻpi maydoni, 150 ta voleybol maydoni, 113 ta basketbol maydoni, 87 ta yugurish yoʻlakchasi, 11 ta suzish havzasi, 42 ta tennis korti "T." su. aʼzolari xizmatida.