Taşkın Aksoy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Taşkın Aksoy
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 13-iyun 1967-yil (1967-06-13) (56 yosh)
Tavallud joyi Gʻarbiy Berlin, Germaniya
Boʻyi 1.83 m
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Gençlerbirliği (murabbiy)
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Hertha BSC
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1986—1989 Hertha BSC 36 (3)
1989—1991 Boluspor
1991—1993 Türkiyemspor Berlin
1993—1997 Tennis Borussia Berlin 115 (11)
1997—1998 Kocaelispor 15 (1)
1998—1999 Kayserispor
1999—2001 Tennis Borussia Berlin II 34 (4)
1999—2002 Tennis Borussia Berlin 43 (5)
2002—2004 SV Yeşilyurt 62 (25)
Boshqargan klublari
2007—2008 Berliner AK 07
2009—2010 Türkiyemspor Berlin
2012—2015 Fortuna Düsseldorf II
2015 Fortuna Düsseldorf
2015—2018 Fortuna Düsseldorf II
2020 Gençlerbirliği (yordamchi)
2021 Ankaragücü (yordamchi)
2021—2022 Kayserispor (yordamchi)
2022- Gençlerbirliği
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Taşkın Aksoy (talaffuzi: Tashkin Aksoy; 1967-yil 13-iyun[1]) — nemis futbol murabbiyi va sobiq futbolchisi. Hozirda Turkiyaning Gençlerbirligi klubini boshqaradi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aksoy faoliyatini Herta BSCda boshlagan. 1986-yilda debyutini oʻtkazgan. Olimpiya stadionida jamoasi bilan umumiy 36 ta oʻyinda maydonga tushdi. Bolusporga koʻchib oʻtgandan soʻng vatani Berlinga qaytib, Türkiyemspor bilan shartnoma imzoladi. Aksoy 1993—1997-yillar oraligʻida Berlinning „Borussia“ klubida oʻynagan va 115 oʻyinda 11 ta gol urgan. Murabbiy Hermann Gerland bilan kelishmovchilikdan soʻng[2] Aksoy Tennis Borussiani tark etishga qaror qildi. Oradan bir qancha vaqt oʻtganidan soʻng Turkiya oliy ligasi jamoasi Kojaelispordan taklif olgach, Turkiyaga koʻchib oʻtdi va Izmit libosida 15 oʻyinda maydonga tushdi. Harbiy xizmatga chaqirilgunga qadar Kayserisporda bir mavsum oʻynadi. Buni kechiktirish maqsadida Aksoy yana Berlinga koʻchib oʻtdi va TeBe bilan shartnoma imzoladi[2]. Asosiy jamoa tarkibida yaxshi oʻynay olmaydigan Aksoy oʻrinbosarlar jamoasida bir muddat mashgʻulot oʻtkazdi va keyinroq 43 ta oʻyinda maydonga tushdi, „Borussia“ ketma-ket mavsumlarda ikki marta quyi ligaga tushib ketdi. Aksoy futbolchilik faoliyatining qolgan qismini Berlinliklarning SV Yeşilyurt klubida oʻtkazgan. 2004-yilda nafaqaga chiqdi.

Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2007-yilda Aksoy UEFA Pro litsenziyasini qoʻlga kiritdi va NOFV-Oberligada Berliner AK 07 jamoasiga murabbiylik qila boshladi. 2009-yilning yozidan 2010-yilning 11-oktabriga qadar Berlinning „Türkiyemspor“ klubini boshqargan. 2012—2013-yilgi mavsum boshidan beri West Regionalligadagi Fortuna Düsseldorfning oʻrinbosarlar jamoasini boshqarib kelmoqda[3].

Aksoy 2015-yilning 13-aprelida asosiy jamoaning vaqtinchalik murabbiyi etib tayinlangan[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Steckbrief – Taşkın Aksoy“ (olmoncha). ping-pong-veterans.de (17-oktabr 2004-yil). 2022-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-sentabr 2010-yil.
  2. 2,0 2,1 Doneck, Karsten. Ein kleiner Beitrag zu Butts Karriere (olmoncha). Der Tagesspiegel (29-iyul 2000-yil).
  3. „Taskin Aksoy neuer Trainer der U 23 von Fortuna“ (olmoncha). Fortuna Düsseldorf (17-iyun 2012-yil). 2012-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-iyun 2012-yil.
  4. „Kramer wird neuer Trainer in Düsseldorf“ (olmoncha). Qaraldi: 13-aprel 2015-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]