T. Harv Eker

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
T. Harv Eker
Tavalludi 10-iyun 1954-yil (1954-06-10) (69 yosh)
Fuqaroligi Kanada
Kasbi Muallif
Professional Notiq
Murabbiy
Bolalari 2 ta

T. Harv Eker (1954-yil 10-iyunda tugʻilgan) – muallif, boylik hamda motivatsiya haqidagi nazariyalari bilan tanilgan biznesmen va motivatsion notiq. U HarperCollins tomonidan chop etilgan „Millionaire Mind“ kitobining muallifidir[1].

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eker Ontario shtatining Toronto shahrida tugʻilib, bolalik davri oʻsha yerda oʻtgan. Yoshligida Eker Qoʻshma Shtatlarga koʻchib oʻtgan. Erta chakana fitness doʻkonida muvaffaqiyat qozonishidan avval oʻndan ortiq turli kompaniyalarni ishga tushirgan[2]. Xabarlarga koʻra, fitnes doʻkonlari tarmogʻi orqali millionlab pul ishlab topib, keyinchalik notoʻgʻri boshqaruv tufayli boyligini yoʻqotgan. Shundan soʻng Eker boy odamlarning pullari va boyliklariga boʻlgan munosabatlarini tahlil qila boshlagan[3] va bu uni bugungi kundagi kitoblari va nutqida ilgari surilgan nazariyalarini rivojlantirishga hissa qoʻshgan.

Nazariyalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ekerning yozishi va nutqi koʻpincha uning „millioner aql“ tushunchasiga, „boylikni osonlashtiradigan aqliy munosabatlar“ toʻplamiga qaratilgan[4]. Bu nazariya har birimiz „moliyaviy reja“[5] yoki „pulga qanday munosabatda ekanligimizni belgilaydigan ichki skript“ ga[4][6] ega ekanligini va bu rejani oʻzgartirish orqali odamlar boylik toʻplash qobiliyatini oʻzgartirishi mumkinligini taklif qiladi.

Ekerga tegishli boʻlgan boshqa nazariyalar jabrlanuvchining[7] „rolini oʻynash“, muvaffaqiyat qozonish uchun katta qurbonlik qilishni istamaydigan odamlarning oʻz holatlarini nazorat qilishni istamasliklari haqidagi tushunchani oʻz ichiga olgan. Yana bir gʻoyaga koʻra, aybdorlik boylik izlashga toʻsqinlik qiladi, va aksincha „boylikni boshqalarga yordam berish vositasi deb oʻylash“ bu aybni yengillashtiradi va boylik toʻplanishiga imkon beradi. 

Eker oʻzining kitobida boylarning moliyaviy rejalari kambagʻallar va oʻrta sinflarnikidan farq qiladigan 17 ta usulni sanab oʻtgan. Ushbu roʻyxatda yoritilgan mavzulardan biri shuki, boylar oʻz imkoniyarlarini cheklovchi oʻylardan voz kechadilar, ammo muvaffaqiyatsiz odamlar ularga boʻysunadilar[4]. Ekerning taʼkidlashicha, Boylar „Men oʻz hayotimni barpo etaman“, kambagʻal odamlar esa „Hayotda faqat menda bilan shunday voqealar sodir boʻladi“ degan gʻoyalariga tayanishadi. Boy odamlar imkoniyatlarga, kambagʻallar esa toʻsqinliklarga diqqat-eʼtiborini qaratadilar, shuningdek, boylar boshqa boy va muvaffaqiyatli odamlarga qoyil qolishadi, kambagʻallar esa boy va muvaffaqiyatli odamlardan nafratlanishadi[5].

Tadbirkor[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eker, Peak Potentials Training seminar kompaniyasiga asos solgan. Peak Potentials press-reliziga koʻra, kompaniya keyinchalik 2011-yilda tadbirlar ishlab chiqaruvchi Success Resources kompaniyasi tomonidan sotib olingan[8].

Eker kamida 2001-yildan beri seminarlar tayyorlab keladi[9]. 2005-yilgi The Wall Street Journal maqolasida Ekerni hayotiy nashriyotdagi oʻzgarishlarga misol qilib keltirgan. WSJ maqolasida uning seminarlari, aloqalari va shaxsiy kuzatuvlaridan oʻzining kitob savdosini ragʻbatlantirish uchun „platforma“ sifatida foydalanish koʻrib chiqilgan.

Muallif[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eker The New York Timesning eng koʻp sotilgan kitoblari roʻyxatida paydo boʻlgan va Wall Street Journalning biznes kitoblari roʻyxatida 1-oʻrinni egallagan "Millionaire Mind" kitobining muallifi sanaladi[9]. Shuningdek, oʻzi tomondan nashr etilgan „SpeedWealth“ nomli kitobini yozgan[3].

Munozara[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vancouver Sun gazetasining 2010-yilgi hisobotida Ekerning nomi uning seminarlaridan birida uchrashgan odamlardan uy-joy sotib olgan ikki shaxs ishtirokidagi „boʻlajak sinf daʼvosida“ qoʻyilganidan eʼtiroz bildirilgan. 2007-yildagi boshqa bir Vancouver Sun hisobotida Ekerning Peak Potentials Training Inc kompaniyasi 2005-yilning oktyabr oyida Wall Centerda „Millionaire Mind Intensive“ kursida „yuqori bosimli savdo taktikasini“ qoʻllagani haqidagi daʼvoga iqtibos keltirgan. Daʼvogarlarning taʼkidlashicha, Eker va uning kompaniyasi Kanada isteʼmolchilari toʻgʻrisidagi qonunni seminarda qatnashish narxining oʻzgaruvchanligi sabab buzgan[10].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Secrets of the millionaire mind. HarperCollins Publishers, 2005. ISBN 9780060763282. 
  2. „Eker: Bio“. Qaraldi: 2012-yil 18-oktyabr.
  3. 3,0 3,1 „Fox Business – T Harv Eker Talks Money Debt and Breaking Bad Habits“. 2013-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 3-oktyabr.
  4. 4,0 4,1 4,2 „Secrets of the Millionaire Mind“. Qaraldi: 2012-yil 3-oktyabr.
  5. 5,0 5,1 „SunSentinel: To Be Wealthy, First Learn What Makes You Tick“. 2017-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 8-oktyabr.
  6. „Harv Eker – Maker of Millionaire Minds“. Qaraldi: 2012-yil 3-oktyabr.
  7. „Forbes: Regaining American Exceptionalism“. Qaraldi: 2012-yil 6-oktyabr.
  8. (November 8, 2011) Success Resources Acquires Peak Potential PR Log
  9. 9,0 9,1 „WSJ: Tip for Authors In a Sales Bind: Get a 'Platform'“. Qaraldi: 2012-yil 8-oktyabr.
  10. „Broken Link“. 2012-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]