Svyatoslav Rixter

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Svyatoslav Teofilovich Rixter [20-mart 1915, Jitomir — 1-avgust 1997, Moskva] — rus pianinochisi. Xalq artisti (1961), Mehnat Qahramoni (1975). 20-asr musiqa ijrochilik sanʼatining atokli namoyandasi, ulkan ijodiy qudrat, yorqin oʻziga xosligiga ega sanʼatkor. Musiqadan ilk saboklarni otasidan olgan. Moskva konservatoriyasini tugatgan (1946). Ijodiga yuksak badiiy taʼsirchanlik, teran mazmundorlik va badiiy yaxlitlik xos. Nihoyatda keng repertuaridan mumtoz va 20-asr kompozitorlari asarlari oʻrin olgan. 1934 yilda ilk yakka konsert bergan. 60 yillik ijrochilik faoliyati davomida Yevropa, Osiyo (jumladan, bir necha marta Oʻzbekistonda ham), Amerika mamlakatlarida gastrolda boʻlgan. Davlat mukofoti (1950), Rossiya Davlat mukofoti (1995) laureati.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil