Suzdal
Suzdal — Rossiya Federatsiyasi Vladimir viloyatidagi shahar, Kamenka daryosi boʻyida, Vladimir shahridan 35 km uzoqliqda joylashgan. Gavrilov Posad temir yo'l stansiyasidan 28 km janubi-sharqda. Aholisi 12 ming kishi (1998). Suzdalda tikuvchilik fabrikasi, sut zavodi ishlab turibdi. Shaharda oʻrta asr meʼmoriy yodgorliklari saqlangan.
Suzdal dastlab 1024-yil manbalarida tilga olingan. XII asr 1-yarmida, Yuriy Dolgorukiy zamonida S. Rostov Suzdal knyazligining markazi, soʻngra VladimirSuzdal knyazligi tarkibida. XIII—XIV asr boshlarida Suzdal knyazligi poytaxti. Shaharni 1238-yilda moʻgʻullar yondirib yuborgan. 1392-yildan Moskva buyuk knyazligi tarkibida. 1796-yildan Vladimir gubernyasining uyezd markazi. Shaharning XVIII asr tuzilishi saqlangan. XIII—XVII asrlarga xos qadimgi rus sanʼati meʼmoriy yodgorliklari yaxlit ansamblni tashkil etadi. Turizm rivojlangan. S. yaqinida XII—XVIII asrlarga oid meʼmoriy ansambl saqlangan Kideksha qishlogʻi bor[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ "Suzdal" OʻzME. S-harfi (Wayback Machine saytida 2021-07-12 sanasida arxivlangan) Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |