Kontent qismiga oʻtish

Suvonqulov Ismoil

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Suvonqulov Ismoil — 1898-yili tug‘ilgan, Urgut rayoni, Qo‘yqishloq qishlog‘idan, o‘zbek, sobiq quloq, 1932-yili quloqqa tortilgan, sobiq bosmachi. Hibsga olingan paytda mashg‘uloti aniq bo‘lmagan. Aholi o‘rtasida bo‘lg‘usi urush to‘g‘risida, sovet hokimiyatining qulashi haqida aksilinqilobiy, mag‘lubiyatchilik targ‘ibotini olib borgan, aholini sovet hokimiyatiga qarshi kurashmoq uchun bosmachilar tomonga o‘tib ketishga chaqirgan. Xalq dushmanlarini qamoqqa olinishiga hamdardlik izhor etganlikda ayblangan. U otuvga hukm qilingan, mol-mulki musodara etilgan.[1][2]

  1. Shamsutdinov, Rustam. Qatag‘on qurbonlari. ISBN 978-9943-00-240-1. 
  2. Shahidlar xotirasi, Surgun. G‘ofur G‘ulom nomidagi nashriyot, 2000-yil. ISBN ISBN 5-635-01865-3.