Surovikino axloq tuzatish muassasasidagi terroristik xuruj
Surovikino axloq tuzatish muassasasidagi terroristik xuruj | |
---|---|
Asl nomi | Захват заложников в ИК-19 в Суровикино |
Sana |
2024-yil 23-avgust 13:00 |
Hujum turi |
Garovga olish, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini oʻldirish, Federal jazoni ijro etish xizmatini qoʻlga olish |
Qurol | pichoq, bolta, tigʻ |
Jarohat olganlar |
12 |
Qurbonlar | 12 (jinoyatchilar bilan) |
Jinoyatchilar |
Ramziddin Toshev Nazirjon Toshev Rustamjon Navroʻziy Temur Husinov |
Surovikino shahridagi 19-sonli axloq tuzatish muassasasida terroristik xuruj – 2024-yil 23-avgustda Rossiyaning Volgograd viloyati Surovikino shahridagi 19-sonli axloq tuzatish koloniyasida sodir boʻlgan[1].
Voqealar rivoji
[tahrir | manbasini tahrirlash]2024-yil 23-avgust kuni taxminan soat 12:30da bir nechta mahbuslar (dastlabki maʼlumotlarga koʻra, ularning baʼzilari IShID aʼzolaridir) Volgograddagi 19-sonli axloq tuzatish koloniyasini (taxminan 1230 nafar mahkum) qoʻlga oldi. Kamida bir nafar jazoni ijro etish federal xizmati zobiti halok boʻldi[2].
Qurbonlar 12 kishi – sakkiz xodim va yana toʻrt nafar mahbus. Uch xodim halok boʻldi, yana biri kasalxonada vafot etdi. Vafot etgan koloniya boshligʻi Devyatov boʻlib, u qattiq qiynoqqa solingan.
Muassasa xodimi koʻplab xodimlar tushlikka chiqarilgandan keyin hujum qilinganini aytgan[3].
Toʻrt nafar terrorchi (ularning barchasi Tojikiston va Oʻzbekiston fuqarolari) alohida korpusda qurshab olingan va koloniya hududi boʻylab harakatlanish imkoniga ega emas[4]. Asirlarni garovga olgan mahbuslardan biri xudkush kamzuli bilan oʻzini portlatib yubormoqchi boʻlgan, biroq tizim ishlamagan. Maxsus kuchlar uni yoʻq qilishga muvaffaq boʻlishdi. Hujum davomida (yarim soat davom etgan, soat 16:00 dan 16:30 gacha) terrorchilar yoʻq qilindi.
Reaksiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hodisa haqida Rossiya Prezidentiga hisobot berilgan. Koloniyaga qilingan hujumga asoslanib, Rossiya tergov qoʻmitasi Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 206-moddasi 4-qismi va 321-moddasi 3-qismi boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatdi[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Islamskie terroristi zaxvatili v kolonii pod Volgogradom chetverix zalojnikov.
- ↑ Poslednie novosti o zaxvate kolonii IK-19 v Volgogradskoy oblasti 23 avgusta 2024.
- ↑ Trebuyut vertolyot i dva milliona dollarov: v Volgograde prodoljaetsya operatsiya po osvobojdeniyu zaxvachennix v IK-19 zalojnikov
- ↑ Seychas radikali zablokirovani v korpuse, gde proizoshlo napadenie. Oni ne imeyut vozmojnosti peredvigatsya po kolonii. Perimetr polnostyu otseplen, ryadom naxoditsya vertolet sanaviatsii.
- ↑ 14:49, 23 avgusta 2024 // Silovie strukturi // V volgogradskoy kolonii zaxvacheni zalojniki. Buntovщiki prisyagnuli „Islamskomu gosudarstvu“.