Sun Bin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sun Bin (Quyosh qutisi)

Sun BinXitoyning dastlabki harbiy yozuvchisi Xitoy tarixidagi urushayotgan davlatlar davrida yashagan (mil. avv 316-yil). U Vey(Xitoy hududidagi podshohlik) xizmat qilayotgan vaqtda Vatanga xiyonat qilishda ayblanib, yuziga tatuirovka chizishni hamda tizzalarini kesib tashlashga hukum qilindi. Shundan so‘ng, Sun Bin Vey podshohligiga qochib kelgan, soʻngra Chi-(Qi-xitoyning qadimgi podshohligi) podshohligida harbiy qoʻmondon boʻlib xizmat qilgan. U Chi podshohligining Guiling va Maling janglarida hamda Vey davlatiga qarshi urushda gʻalabaga erishgan.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sun Bin yoshligidanoq o‘zining mohir qobilyatliligi bilan tanilgan. U Pang-(Mongoliya hududidagi podshohlik) davlati barbod bo‘lgandan so‘ng, u Vey davlatiga harbiy general sifatida xizmat qilish uchun kelgan va bir nechta janglarda g‘alaba qozonganidan keyin mashhurlika erishdi.

Mutilatsiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sun Chi davlatiga qarshi chiqqanlikda ayblandi. Qirol tomonidan Sunni yuziga tatuirovka qilish va tizzalarini olib tashlashga hukm qilindi va Sunni jinoyatchi deb eʼlon qilindi va u umrbod mayib qilib qo‘yildi. Oxir oqibat,Sun Pang (Sun Binning eng yaqin do‘sti) ning asl niyatlarini anglab yetdi va o‘zini aqldan ozgan qilib ko‘rsatdi. Keyinchalik Sun Chi davlati diplomatlari yordamida Vey davlatidan ketdi.

Ilmiy ishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sun Bining (Sun Binning „Urush sanʼati“) kitobi harbiy kitob edi. Bu kitob Xan sulolasidan keyin yo‘qolgan deb o‘ylangan. Biroq 1972-yil aprel oyida arxeologlar tomonidan Shandong provinsiyasining Linyi(Xitoyning qadimiy shahri) shahridagi qabrni qazish jarayonida qabrdan bir nechta kitob parchalari topildi. Qabr ichidan Sun Binning "Urush sanʼati" asari topilgan. Qadimgi matnlarda Sun Binning Urush sanʼati kitobini asli 89 bobdan iborat bo‘lganligi aytilgan bo‘lsa-da, qayta topilgan nusxada faqat 16 ta tekshirilishi mumkin bo‘lgan bob bor edi."Sun Binning urush sanʼati" kitobining parchalari ham topilganligi sababli, tarixchilarning fikriga ko‘ra, kitobning baʼzi boblar "Urush sanʼati" ga tegishli bo‘lishi mumkin degan xulosaga kelishgan. Bundan tashqari, "Sun Binning Urush sanʼati" asari bilan solishtirganda, ,,Urush sanʼati" kitobi oldingisidan katta farq qiladi. Birinchisi qamal urushiga qarshi maslahat bergan bo‘lsa, ikkinchisi qamal qilingan shaharga hujum qilish usulini taklif qilgan. Bu urushayotgan davlatlar davrining keyingi bosqichlarida qamal urushini strategik ko‘rib chiqishning o‘zgarishiga to‘g‘ri kelmas edi.

Qo‘shimcha o‘rganish uchun[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Pang Xuan
  • Sun Binning urush sanati
  • Sun Szi
  • Yinqueshan Xan Slips

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Xitoy solnomasi
  • Qadimgi Xitoy tarixi 35.56
  • Konfutsiy asarlari
  • Habibullayev, Alimulla. Oʻzbekiston sharqshunoslari bibliografiyasi (1949 — 2022-yillar. Toshkent: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, 2022.