Kontent qismiga oʻtish

Sultonali Rahmatov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sultonali Rahmatov
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 13-yanvar 1970-yil (1970-01-13) (54 yosh)
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi OʻzSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Sozanda, kompozitor, bastakor
Janr Klassik, pop, jazz, rok-n-rol
Veb-sayt Sultonali Rahmatov

Sultonali Rahmatov (1970-yil 13-yanvar, Toshkent, OʻzSSR) — sozanda, kompozitor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (2010), Nyu-York qirollik akademiyasi kompozitori (2006), O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi aʼzosi, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoshidagi Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli badiiy rahbari.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sultonali Rahmatov 1970-yil 13-yanvarda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Otasi Ahmadjon Rahmatov va onasi Oliya Omonova ko‘p yillar oldin dunyodan o‘tishgan. Bolaligidan musiqaga qiziqqan va "Respublika harbiy o‘g‘il bolalar internat san‘at maktabi"ni bitirgan. Bolaligidan mashhur kompozitor Pol Maria, "Enigma" guruhi musiqalarini yaxshi ko‘rib eshitgan va ulardan ta‘sirlangan. 1987-yil Toshkent konservatoriyasi (hozirgi Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi)ga o‘qishga kiradi. Uni ommaga tanitgan "O‘zbekiston" musiqasi 1994–2005-yillar O‘zbekiston telekanalining "Assalom O‘zbekiston" axborot-musiqiy dasturining boshlanish musiqasi sifatida hamda O‘zbekistondagi ko‘plab bayram tantanalarida foydalanilgan.

1998-yilning yanvar oyida Teatr va rassomchilik (hozirgi O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat) institutida xonanda Nilufar Saidova bilan uchrashadi. U bilan ijodiy faoliyat davomida turmush qurishadi, lekin maʼlum vaqt o‘tganidan keyin ajrashishadi. Ular turmushlari mobaynida Farina va Safina ismli ikki qiz farzand ko‘rgan[1].

2010-yilda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi unvoni bilan taqdirlangan. Sultonali Rahmatov oilali. 8 ta farzandi, ikki nevarasi bor[2].

Ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sultonali Rahmatovning ilk yakkaxon kontserti 2006-yil Olmaota shahrida bo‘lib o‘tgan va unga 70 000$ mablag‘ ketgan[3]. Oʻzbekistondagi ilk konserti esa 2007-yilda Samarqanddagi Registon maydonida boʻlib oʻtgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]