Sulton Raxmanov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sulton Raxmanov
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi erkak
Tavallud paytidagi ismi Raxmanov Sulton Saburovich
Fuqaroligi Sovet IttifoqiUkraina bayrogʻi Ukraina
Tavallud sanasi 1950-yil 5-may
Toʻrtkoʻl, Qoraqalpoq Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Vafot sanasi 2003-yil 5-may (52 yosh)
Dnepropetrovsk, Ukraina
Boʻyi 188 sm
Vazni 145 kg
Sport
Qaysi sport ogʻir atletika
Klubi „Avangard“ (Dnepropetrovsk)
Murabbiy(lar)i Ivan Grigoriyevich Pogoreliy
Eduard Pavlovich Brovko

Sulton Saburovich Raxmanov (1950-yil 6-iyun, Toʻrtkoʻl, Qoraqalpogʻiston ASSR, Oʻzbekiston SSR, SSSR – 2003-yil 5-may, Dnepropetrovsk, Ukraina) – sovet ogʻir atletikachisi, Yevropa, jahon va Olimpiya oʻyinlari chempioni. SSSRda xizmat koʻrsatgan sport ustasi (1979).

1980-yil iyul oyida Dnepropetrovsk davlat jismoniy tarbiya va sport institutini ilk bitiruvchilar qatorida tamomlagan.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekistonda tugʻilib oʻsgan. Otasi qoraqalpoq va onasi ukrain. Bolaligida olgan jarohati tufayli bir oyogʻi qisqaroq boʻlib qolgan[1]. Sultondan tashqari oilasida aka-ukalari Rustam, Azim, Toir, Rahim va opasi Zuhra boʻlgan.

1966-yilda 9-sinfni tugatgach, ota-onasi bilan Dnepropetrovskga koʻchib oʻtgan. Sulton jismoniy tarbiya texnikumiga oʻqishga kiradi va katta akasi Rustam bilan birga sport seksiyalarida qatnashadi.

Raxmanovga dastavval Ivan Grigoryevich Pogoreliy, keyin Eduard Pavlovich Brovko (SSSRda xizmat koʻrsatgan sport ustasi, SSSR va Ukrainada xizmat koʻrsatgan murabbiy) murabbiylik qilgan. Brovko bilan birgalikda koʻp muvaffaqiyatlariga erishgan.

1976 va 1978-yillarda Boltiqboʻyi kubogi gʻolibi. 1976-yilda Butunittifoq chempionati va Boltiqboʻyi kubogida (190 kg) ikkita SSSR rekordini yangilagan.

Jahon yulduzlari kubogi (Las-Vegas – 1978) va ogʻir vazn toifasidagi sportchilar kubogi (Tokio – 1979) chempioni.

1979-yilda jahon chempioni.

1980-yilgi Moskva Olimpiadasida GDR vakili Yurgen Xoyzer va polshalik Tadeush Rutkovskidan jami 30 kilogrammga ilgarilab Olimpiadaning oltin medalini qoʻlga kiritgan (dast koʻtarishda 195 kg, siltab koʻtarishda 245 kg[2], jami 440 kg[3]).

Ginnesning rekordlar kitobiga sayyoradagi eng kuchli odam sifatida kiritilgan.

Hammasi boʻlib 14 ta xalqaro rekord oʻrnatgan, ulardan 2 tasi jahon va 5 tasi butunittifoq boʻyichadir.

Sport faoliyatini tugatgandan soʻng jamoat arbobiga aylangan. 2000-yildan Xalqaro faxriylar va nogironlar sport assotsiatsiyasi prezidenti.

Umrining soʻnggi yillarida ogʻir kasalga chalinib, vazni ortib ketgan (200 kg gacha) va deyarli yurolmay qolgan[4].

Sulton Rahmanov 2003-yil 5-mayda Dnepropetrovskda yurak xurujidan vafot etgan. Dnepropetrovskdagi Sursko-Litovskoye qabristonida onasining qabri yoniga dafn etilgan. Qabr toshida oʻlgan sanasi yozilmagan. Ammo toshda tugʻilgan sanasi va „Oʻlganimni kim aytdi? Men sizlarning qalbingizdaman“ deb yozib qoʻyilgan[5].

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Otasi – Sabur Rahmonov, harbiy xizmatchi, Oʻzbekistonda dafn etilgan.

Onasi – Tatyana Vasilyevna Kovalenko-Rahmanova (1920—1986), Dnepropetrovskdagi Sursko-Litovsk qabristoniga dafn etilgan.

Akasi – Raxim Saburovich Raxmanov (1956) ogʻir atletikachi (110 kg dan yuqori), eng yaxshi natija 397,5 (175+202,5).

Xotini (1967-yildan 2003-yilgacha)[6] – Galina Fyodorovna Raxmanova, Xalqaro faxriylar va nogironlar sport assotsiatsiyasini boshqaradi.

  • Qizi – Tatyana Sultonovna Raxmanova (1968-yilda tugʻilgan).
  • Oʻgʻli – Tair Sultonovich Raxmanov (1973-yilda tugʻilgan), 2010-yildan boshlab Dnepropetrovskda avtobus haydovchisi boʻlib ishlaydi[7].

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xotirasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dnepropetrovsk shahrining faxriy fuqarosi (2009-yil, unvon vafotidan soʻng berilgan).

2010-yil 23-sentyabrda Dnepropetrovskda Dmitriy Yavornitskiy prospekti 45b-uyda yodgorlik lavhasi oʻrnatilgan (Sulton Rahmanov 1979―2003-yillarda ushbu uyda yashagan)[8].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]