Kontent qismiga oʻtish

Sulton Qobus katta masjidi (Suhor)

Koordinatalari: 24°18′45.65″N 56°45′25.02″E / 24.3126806°N 56.7569500°E / 24.3126806; 56.7569500
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Sulton Qobus katta masjidi
جَامِع ٱلسُّلْطَان قَابُوْس ٱلْأَكْبَر
Mamlakat  Ummon
Shahar Suhor
Joylashuvi 24°18′45.65″N 56°45′25.02″E / 24.3126806°N 56.7569500°E / 24.3126806; 56.7569500
Binokorlik ???—2016-yil oktyabr[1][2]


Sulton Qobus masjidi (arabcha: جَامِع ٱلسُّلْطَان قَابُوْس ٱلْأَكْبَر) – Ummonning Suhor shahrida joylashgan masjid[1]. Ummonning avvalgi sultoni Qobus bin Said sharafiga nomlangan.

Masjidning umumiy maydoni 181,000 kvadrat metrni tashkil qiladi. Binosi 28,778 kvadrat metr maydonni egallaydi. Asosiy ibodat zali 4600 dan ortiq namozxonni, ayollar maydoni esa 740 namozxonni sigʻdira oladi[2].

Masjidning bogʻi, uchta asosiy kirish joyi, toʻrtta minorasi va koʻk rangli bosh gumbazi bor. Mehrob feruza va tilla rang palitrada koshin bilan qoplangan. Gilamda gorizontal chiziqli naqsh mavjud[3].

  1. 1,0 1,1 „Sultan Qaboos Mosque in Suhor inaugurated“ (en). The Times of Oman (2016-yil 28-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 29-noyabr.
  2. 2,0 2,1 „Sultan Qaboos Gand Mosque Opens in Suhor“ (en-US). Atheer (2016-yil 29-oktyabr). 2023-yil 11-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 29-noyabr.
  3. „Visit The Sultan Qaboos Grand Mosque In Suhor“. Oman Magazine (ingliz (Amerika)). 2019-06-02. Qaraldi: 2019-11-29.