Sulimon Gʻani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sulimon Gʻani
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi teleboshlovchi, janubiy Londonlik imom

Sulimon Gʻani – musulmonlar jamiyati yetakchisi, teleboshlovchi va janubiy Londonlik imomdir[1][2][3][4][5][6].

Gʻani Janubiy Afrikada voyaga yetgan[7].

2010-yilda Gʻani Londondagi Ahmadiyaga tegishli korxonalarni boykot qilib, bu ishlar tashkilotchiligiga rahbarlik qiladi. Ahmadiylarni qodioniylar deb atagan Gʻani, ular „muntazam aldamchi“ boʻlgani uchun sunniy musulmonlar oʻzlariga tegishli yoki boshqaradigan bizneslarni boykot qilishlari kerakligini aytib oʻtadi[8].

2016-yilda Gʻani „gomoseksualizmga qarshi turishi va ayollar erkaklarga boʻysunishi kerakligi“ haqida vaʼz qilgan[9].

2016-yil iyun oyida Mudofaa vaziri Michael Fallon Sulaymon Gʻanini IShID tarafdori deb ayblaydi. Gʻani uni tuhmat qilgani uchun sudga bergan va u bu nomdagi terrorchi guruhni emas, Saudiya Arabistoni kabi islomiy davlatlarni qoʻllab-quvvatlashini aytgan[9]. Keyinroq Fallon Sulaymon Gʻanidan kechirim soʻraydi va unga tovon pulini toʻlab beradi[10].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]