Sukiyaki

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xom tuxumdagi Sukiyaki mol go‘shti.
To‘g‘ralgan mol go‘shti shirin soya sousi bilan ta’m berilgan
Sukiyakining masalliqlari

Sukiyaki(すき焼き)yaponcha taom bo‘lib, nabemono deb ataladigan maxsus yaponcha idishda tortiq etiladi.

U go‘sht(odatda yupqa to‘g‘ralgan mol go‘shti)dan iborat bo‘lib, u asta-sekin pishiriladi yoki bo‘lmasa,sabzavotlar va boshqa masalliqlar bilan birga, soya sousi, shakar va mirin aralashmasida sayoz temir qozonda qaynatiladi. Masalliqlar odatda qozonda pishirilgandan so‘ng xom, chaqilgan tuxumning kichik idishiga botiriladi va keyin iste’mol qilinadi.

Umuman olganda,sukiyaki qishki taom bo‘lib,u ko‘pincha bonenkai, Yaponiya yil oxiridagi ziyofatlarda uchraydi.

Masalliqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yupqa to‘g‘ralgan mol go‘shti odatda sukiyaki uchun ishlatiladi,garchi o‘tmishda mamlakatning ba‘zi qismlarida (xususan, Xokkaydo va Niigata )cho‘chqa go‘shti ham mashhur bo‘lgan.

Mol go‘shti bilan tayyorlanadigan,keng tarqalgan masalliqlar:

  • Tofu (odatda qovurilgan,qattiq tofu).
  • Negi ( qora piyozning bir turi).
  • Xitoy karami va shungiku bargli sabzavotlari (xrizantema barglari).
  • Shiitake va enokitake kabi qo‘ziqorinlar.
  • Ito konyaku yoki shirataki kabi ugralaridan tayyorlangan funcho'za .

Ba’zan qaynatilgan bug‘doyli udon yoki mochi (guruchdan tayyorlanadigan shirinlik) qo'shiladi.