Suhravardiylar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Suhravardiylar - mashhur mutasavviflar, Eronning Suhravard shahrida tugʻilgan (12-asr) 3 qarindosh: Najib Suhravardiy (1097—1168), Shayx Shahobiddin Abu Hafs Yahyo Suhravardiy (1155—1191) va Shayx Shahobiddin Abu Hafs Umar Suhravardiy (1144—1234). Najib Suhravardiy keyingi ikkalasining ustozi boʻlgan. Yahyo Suhravardiy tasavvufda "ishroq" (nur) falsafasini yaratgan. Umar Suhravardiy suhravardiylik tariqatiga asos solgan. S, asosan, Bagʻdod madrasalarida taʼlim olib, shu yerda ijod qilganlar.

S. asarlari jahonda koʻp marta nashr etilgan, ammo ularning taʼlimoti ilohiy ilmga mansub boʻlganidan sobiq sovet davrida eʼtibor topmadi. Mustaqillikka erishilgach, axloqodob, qalbilani poklash haqidagi allomalar tafakkuri, nasihatlari oʻrganila boshlandi. Umar Suhravardiy 35 yoshida Bagʻdodda "shayxlar shayxi" darajasiga koʻtarilgan din arbobi boʻlgan. U Iroq mamlakatining elchisi sifatida Iroq, Xorazm, Eron, Saljuqiya orasidagi urushlarni toʻxtatgan. Umar Suhravardiy Iroqning Xorazmdagi elchisi boʻlgan. Umar Suhravardiyning oʻgʻli Shayx Zayniddin (qarang Zayniddinbobo) diniy va jamoat arbobi sifatida Toshkentga keladi.

Omonulla Fayzullayev.