Strukturalizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Strukturalizm (lot. structure — tuzilish, joylashish, tartib) — tilshunoslik, adabiyotshunoslik, etnografiya, tarix va shu kabi gumanitar fanlarda struktur usullar va modellashtirishdan, formallashtirish, semiotika, matematikalashtirish elementlaridan foydalanish bilan bogʻliq yoʻnalish; 20-a.ning 20y.larida paydo boʻlgan. S.ning tadqiqot obʼyekti belgi tizimlari (til, fan, sanʼat, mifologiya, moda, reklama) majmui sifatida olingan madaniyatdir. S.ning asosini narsa va hodisalarning invariant munosabatlari yigindisi tarzida tushuniladigan tuzilma (struktura)lar tashkil etadi. Sdan ibtidoiy kabilalar madaniyatini oʻrganishda hamda folklorshunoslikda samarali foydalanildi (k,. Strukturaviy tilshunoslik).