Strukturalar geologiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Strukturalar geologiyasi - tektonikanknt bir boʻlimi; Yer poʻstida togʻ jinslarining joylashishi, paydo boʻlish qonuniyatlarini, ularning deformatsiyasi va yotish shakllarini oʻrganadi. S.g .da "Struktura" termini togʻ jinslarining fazodagi oʻrni va tektonik harakatlar natijasida ularning oʻzgarishi sifatida tushuniladi. Sg .ning asosiy vazifasi — deformatsiyani keltirib chiqaruvchi struktura shakllarining tashqi koʻrinishi (morfologiyasi) va jinslar siljishidagi kinematika jarayonini tadqiq etishdan iborat. Sg . turlicha struktura shakllari: qatlamlar, burmalar, darzliklar, uzilmalar, uzilishli buzilishlar (tashlama, siljima, surilma, sharyajlar) va magmatik hosilalarni oʻrganadi (qarang Tektonik strukturalar). Endogen jarayonlar natijasida vujudga kelgan tektonik struktura shakllaridan tashqari, ekzogen jarayonlaraa choʻkindilarning qatlanish jarayonida shakllangan sedimetatsion strukturalar hamda gravitatsion kuchlar (mas, suv osti siljimalari) yuzaga kelishi natijasida hosil boʻlgan gravitatsion strukturalar mavjud. Sg . foydali qazilmalarni razvedka qilysh va ularni qazib olish bilan bevosita birgalikda vujudga keldi va rivojlanmoqda. Sg . 19-asrda Kanada va AQShda (Ch.R. Van Xayz, Ch.Lizs va boshqa va R.Uillislar — tektonik uzilishlar, burmalar, klivajlar), Rossiyada (N.A. Golovkinskiy — Sharqiy Yevropa platformasida qatlamlarning gʻosil boʻlishi; A.P.Karpinskiy, V.A.Obruchev — Oltoy, Sayan, Ural togʻlarida rudali konlarning tuzilishi); Gʻarbiy Yevropada (A.Geym, M.Bertran, E.Argan — Alp togʻlarining surilma va burmalari) vujudga keldi. 20-asr oʻrtalarida Sg .ning rivojlanishiga rus geologlari N.S Shatskiy, A.L.Yanshin — platformalar, I.M.Gubkin — neftli strukturalar; A.V.Peyve, V.Ye.Xain — chukur yer yoriklari, burmalar va uzilish paydo boʻlishidagi gorizontal harakatlar, Oʻrta Osiyoda, jumladan, Oʻzbekistonda Sg . rivojlanishiga foydali qazilma konlarini bashoratlash va izlash ishlarida keng qoʻllanilishiga A.V. hamda V. A. Korolevlar hissa qoʻshgan. S.g . geologiyaning geologik sʼyomka, geomorfologiya, stratigrafiya va litologiya, petrografiya, gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi foydali kazilmalar geologiyasi va konchilik ishlari kabi sohalari bilan uzviy bogʻliq. S.g . geotektonikaning nazariy masalalarini ishlab chiqishda muhimdir. Tarixiy analiz metodi yordamida strukturalarning shakllanish qonuniyatlarini aniklashda ham S.g .dan foydalaniladi. Struktura shakllari genezisini bilishda togʻ jinslarining deformatsiyasini oʻrganishning fizik metodlari keng qoʻllaniladi. Shunga koʻra togʻ jinslarining petrografik struktura va teksturalari togʻ jinslarining tektonik deformatsiyalari (togʻ jinslari tuzilishi)ni aks ettiradi. Mikrostrukturalarni oʻrganishni S.g .ning maxsus boʻlimi — petrotektonika tashkil qiladi. 20-asr oʻrtalaridan S. g . maʼlumotlariga suyangan global tektonika va geodinamika fanlari keng rivojlangan.