Strategik hujum potentsialini qisqartirish toʻgʻrisidagi shartnoma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vladimir Putin va Jorj Bush SOR shartnomasini imzoladilar.
AQShning Ogayo suv osti kemasidan UGM-96A raketalarini demontaj qilish, 2004-yil.

Strategik hujum potentsialini qisqartirish toʻgʻrisidagi shartnoma (SOR shartnomasi) ― Gʻarbda Moskva shartnomasi nomi bilan mashhur boʻlgan 2002-yil 24-mayda Moskvada, Rossiya va AQSh oʻrtasida imzolangan. Shartnoma shartlari ogohlantirish holatidagi yadro kallaklari sonini har bir tomon uchun 1700-2200 tagacha cheklagan. SORT shartnomasi 2003- yil 1-iyunda Rossiya va Qoʻshma Shtatlar tomonidan birgalikda ratifikatsiya qilinganidan keyin kuchga kirdi va 2012- yil 31-dekabrda tugadi. 2011-yil 5-fevralda START III shartnomasi kuchga kirganligi sababli, uning qoidalariga koʻra (XIV-modda, 4-band) SORT shartnomasi oʻz kuchini yoʻqotdi.

SOR shartnomasi SSSR / Rossiya va AQSh oʻrtasida imzolangan yadroviy qurolsizlanish boʻyicha qator shartnomalardan biri boʻlib, u SALT-I (1972), ABM (1972), SALT-II (1979), INF (1987), START- 1 (1991), START-2 (1993) va START-III (2010) shartnomalarini oʻz ichiga oladi.

Shartnoma quyidagi sabablarga koʻra tanqid qilindi:

  • Doimiy oʻzaro tekshiruvlar uchun shartlar belgilanmagan;
  • Shartnoma qurollarni doimiy ravishda qisqartirishni talab qilmadi, jangovar kallaklar omborga joylashtirilishi va keyinchalik tiklanishi mumkin edi;
  • Shartnoma shartnomaning amal qilish muddati, 2012- yil 31-dekabrdan oldin kelishilgan darajaga qisqartirishni talab qildi;
  • Har bir tomon oʻz kuchlarida zarur deb hisoblagan har qanday miqdordagi strategik yadro kallaklarini tanlashda erkin edi.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]