Steyblkoin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Steyblkoin (inglizcha, stable — barqaror, coin — tanga) — bir turga mansub kriptovalyutalarning umumiy nomi boʻlib, ularning kursi barqarorlashtirilgan boʻladi. Masalan, narxlarni oddiy valyutalar yoki tovarlarga (oltin, neft) bogʻlash orqali.

Kriptovalyuta kurslari juda yuqori tebranishlarni amalga oshiradi. Shunday qilib, bitkoin oʻzgaruvchanlikni oltin, birjalardagi indeks fondlariga nisbatan ancha yuqori koʻrsatkichdagi oʻzgarishlarni namoyon qiladi.

Steyblkoin turiga kiruvchi kriptovalyutalar yaratishdan maqsad esa ayirboshlashni barqarorlashtirishdir. Bunda kriptovalyuta real valyutaga bogʻlanadi.

Steyblkoinlarning yaqqol kamchiligi bor: ayirboshlash kursini ushlab turish uchun zarur boʻlgan markazlashtirilgan almashinuv mexanizmiga ishonch darajasi kriptovalyutalarning markazlashmagan tabiatiga ziddir. Yaʼni valyutalarning qiymati ularga bo'lgan ishonchga bogʻliq, markazlashtirilgan deya qaraladi. Kriptovalyutalar esa markazlashtirilmaganlik tuzilishiga ega. Ularning narxini hech kim boshqarmaydi. Steyblkoinlar sifati boʻlsa, bunga zid hisoblanadi.

Turlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Steyblkoinlarning toʻrt xil turi mavjud.[1]

  • Fiat tomonidan qoʻllab-quvvatlangan.

Bozordagi eng mashhur steyblkoinlar fiat valyutasi bilan taʼminlanganlaridir. Masalan, USD tangasi(USDC) fiat bilan taʼminlangan va 1:1 nisbatda AQSh dollariga bogʻlangan. Boshqa steyblkoinlar yevro, ingliz funti va boshqa valyutalar bilan bogʻlangan.

  • Kriptovalyuta tomonidan qoʻllab-quvvatlangan

Kripto bilan taʼminlangan steyblkoinlar boshqa oʻrnatilgan kriptovalyutaning qiymatiga bogʻlangan kriptovalyutalardir. 

  • Tovar bilan taʼminlangan

Tovar bilan taʼminlangan steyblkoinlar qimmatbaho metallar, sanoat metallari, neft yoki koʻchmas mulk kabi tovarlarning qiymatiga bogʻlangan boʻladi. Tovar sarmoyadorlari tovar bilan taʼminlangan steyblkoinlar variantini yaxshi koʻradilar, chunki bu ularga oltinni sotib olish va saqlash bilan bogʻliq qiyinchiliklarsiz sarmoya kiritish imkonini beradi.

  • Algoritmik

Hech qanday "haqiqiy dunyo" tovarlari bilan qo'llab-quvvatlanmaydi, bu toifadagi steyblkoinlar bozor talabi asosida taklifni modulyatsiya qilish uchun algoritmlardan foydalaniladi.

Namunalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Tether
  • USD Coin
  • Binance USD
  • Dai
  • TrueUSD
  • Pax Dollar
  • USDD
  • FeiUSD

[2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. [1]. CoinDesk | 2022-yil 31-yanvar, soat 21:30
  2. https://coinmarketcap.com/view/stablecoin