Steven Morrow

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Steven Joseph Morrow (talaffuzi: Stiven Jozef Morrow; 1970-yil 2-iyulda Shimoliy Irlandiyaning Belfastda tugʻilgan) — shimoliy Irlandiyalik futbolchi va murabbiy.

Steve Morrow
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Stephen Joseph Morrow
Tavallud sanasi 2-iyul 1970-yil (1970-07-02) (53 yosh)
Tavallud joyi Belfast, Shimoliy Irlandiya
Ampluasi himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
—1987 Bangor
1987—1988 Arsenal
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1988—1997 Arsenal 62 (1)
1991 → Reading (ijara) 10 (0)
1991 → Watford (ijara) 8 (0)
1991 → Reading (ijara) 3 (0)
1992 → Barnet (ijara) 1 (0)
1997 → Queens Park Rangers (ijara) 1 (1)
1997—2001 Queens Park Rangers 91 (1)
2001 → Peterborough United (ijara) 11 (0)
2002—2003 Dallas Burn 41 (3)
Milliy terma jamoa
1990—1999 Shimoliy Irlandiya 39 (1)
Boshqargan klublari
2004 Dallas Burn (yordamchi)
2005—2006 FC Dallas (yordamchi)
2006—2008 FC Dallas
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2007-yil 14-fevral uchun)

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Steven Morrow Shimoliy Irlandiyaning „Bangor“ futbol klubi yoshlar jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Keyin 1987-yilning iyul oyida Londonning „Arsenal“ jamoasiga oʻtgan. Himoyachi „Arsenal“ futbol klubida debyut qilishdan oldin oʻzini „Reading“, „Watford“ va „Barnet“ futbol klublarida sinab koʻrgan. 1992-yil 8-aprelda „Norwich City“ futbol klubi bilan oʻyinda Nayjel Uinterbern jarohat olgani sababli Steven Morrow uning oʻrniga maydonga tushgan.

Steven Morrow 1992—1993-yilgi mavsumda koʻp maydonga tusha boshlagan. U oʻzining koʻp oʻyinlarini yarim himoyachi sifatida oʻtkazgan, shuningdek, asosiy kubok oʻyinlarida jarohatlangan Pol Devisning oʻrniga oʻyinlarda ishtirok etgan. Steven Morrow ham Liga kubogi finalida „Sheffield Wednesday“ futbol klubiga qarshi oʻyinda maydonga tushgan.

2002-yil 10-fevralda Steven Morrow MLS klubi „Dallas Burn“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan[1]. 2002-yil 18-mayda „Colorado Rapids“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u „Dallas Burn“ futbol klubi safida birinchi gollarini urgan va dubl qayd etgan[2].

Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2003-yil 22-sentabrda Steven Morrow „Dallas Burn“ futbol klubi murabbiylar shtabiga bosh murabbiy Kolin Klarkning yordamchisi sifatida qoʻshilgan[3]. 2004-yil may oyining oxirida u shaxsiy sabablarga koʻra klubni tark etgan, ammo 2005-yil 27-yanvarda yana jamoaga qaytib kelgan[4]. 2006-yil 7-noyabrda „Dallas Burn“ futbol klubi Steven Morrow bilan shartnoma uzaytirilmasligini eʼlon qilgan va vaqtincha bosh murabbiy vazifasini bajarishni topshirgan[5]. 2006-yil 11- dekabrda klubning doimiy bosh murabbiyi etib tayinlangan[6]. 2008-yil 20-mayda „Dallas Burn“ futbol klubidan boʻshatilgan[7].

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa   Mamlakat Mavsum
1 Arsenal  Angliya 1988—1997
2 Reading (ijara)  Angliya 1991
3 Watford (ijara)  Angliya 1991
4 Watford (ijara)  Angliya 1991
5 Watford (ijara)  Angliya 1992
6 Queens Park Rangers (ijara)  Angliya 1997
7 Queens Park Rangers  Angliya 1997—2001
8 Peterborough United (ijara)  Angliya 2001
9 Dallas Burn  Angliya 2002—2003

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Burn Sign Irish Defender Morrow“ (en). Dallas Burn (2002-yil 10-fevral). 2002-yil 14-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2002-yil 14-fevral.
  2. „Burn Posts 3-1 Victory Over Rapids“ (en). Dallas Burn (2002-yil 18-may). 2002-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2002-yil 13-iyun.
  3. Chris Bergin. „Morrow becomes Dallas assistant coach“ (en). Dallas Burn (2003-yil 22-sentyabr). 2003-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2003-yil 28-dekabr.
  4. „Steve Morrow“ (en). FC Dallas. 2006-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 7-may.
  5. Steve Hunt. „Hoops part ways with coach Clarke“ (en). MLSnet.com (2006-yil 7-noyabr). 2007-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 6-may.
  6. Steve Hunt. „Morrow named FC Dallas head coach“ (en). MLSnet.com (2006-yil 11-dekabr). 2006-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 13-dekabr.
  7. „FC Dallas fires coach after embarrassing loss“ (en). ESPN Soccernet (2008-yil 20-may). 2011-yil 25-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 25-may.