Steve Morison

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Steve Morison
Avgust 2012
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Steven William Morison[1]
Tavallud sanasi 29-avgust 1983-yil (1983-08-29) (40 yosh)[2]
Tavallud joyi Enfield, England
Boʻyi 6 ft 2 in (1.88 m)[3]
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Sutton United (manager)
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2001-2004 Northampton Town 24 (3)
2004-2006 Bishop’s Stortford 58 (28)
2006-2009 Stevenage Borough 127 (68)
2009-2011 Millwall 83 (35)
2011-2013 Norwich City 53
2013-2015 Leeds United 41 (5)
Milliy terma jamoa
2006-2008 Angliya 8 (3)
20010-2010 Uels 20 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Steven William Morison futbol menejeri va hujumchi sifatida oʻynagan sobiq professional futbolchi. 2-liga klubi „Sutton Yunayted“ bosh murabbiyi. Morison oʻz faoliyatini „Northampton Town“da 16 yoshida boshlagan va klubning pik davridagi eng asosiy futbolchilaridan biri boʻlgan. Futbolchi 2002 yilda asosiy jamoada debyut qilgan. Morison 2004-yil noyabr oyida nomaʼlum toʻlov evaziga Bishop’s Stortford klubi safiga qoʻshiladi. Stortfordda ikki yildan kamroq vaqt oʻtgach,2006-yil avgust oyida „Stivenj Boro“ga kichik toʻlov evaziga shartnoma imzolaydi. Klubdagi birinchi mavsumida Morison 2007-yilgi Angliya kubogi finalida gʻalaba golini kiritadi. Futbolchi shuningdek, 2009 yilning may oyida klubga yana Angliya kubogini yutishda yordam berdi va bu uning klubdagi soʻnggi oʻyini boʻldi. Stevenage Boroughdagi uch mavsum davomida 151 oʻyinda 86 marta gol urgan Morison 2009-2010 yilgi mavsum oldidan 130 000 funt sterling evaziga Millwall safiga borib qoʻshiladi. U oʻzining birinchi mavsumidayoq klubga Angliya Premyer-ligasiga chiqishga yordam berdi. 2011-yili Morison Angliya Premyer-ligasi jamoasi bilan shartnoma imzolaydi. Norvich klubida 59 oʻyinda 12 ta gol urishga erishadi. 2013-yilning yanvar oyida Leeds United klubiga koʻchib oʻtadi. Oradan 5 oy oʻtgandan soʻng faoliyatini ijara asosida Millwall safida davom etiradi. 2017-yil Morison Millwall jamoasini Chempionshipga qaytarishda oʻzini juda katta hissasini qoʻshadi. Jamoa tarkibida 300 dan ortiq oʻyinlarni oʻtkazib 92 ta gol urishga erishadi va klub tarixidagi eng yaxshi 3 toʻpurardan biriga aylanadi. 2019-yilning oktyabr oyida futbolchilik faoliyatini yakunlashi haqida eʼlon bergan.

Hayotining boshlangʻich davri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Steve 1983-yil Londonda tugʻilgan. Enfield Grammatika maktabiga borgan. Maktabni 16 yoshda tamomlagan. Morison sport fanlari boʻyicha Milliy diplomni qoʻlga kiritadi.

Xalqaro Fayoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uels[tahrir | manbasini tahrirlash]

Morison Uels milliy terma jamoa safida

2010-yil may oyida Morison Uelslik ajdodlari tufayli Uels vakili boʻlish huquqiga ega ekanligi aniqlandi. Uning buvisi Ebbw Vale yaqinidagi Tredegar shahrida tugʻilgani eʼlon qilingandi[4]. 2010-yil iyul oyida Uels bosh murabbiyi Jon Toshak Morisonni 11-avgustda Llanelli shahrida Lyuksemburgga qarshi oʻrtoqlik oʻyini uchun Uels terma jamoasi qaytnomasiga kiritdi[5].Morison Uelsning Lyuksemburgga qarshi 5:1 hisobidagi gʻalabasiga katta hissa qoʻshgan holda, butun oʻyin davomida oʻynadi va Eshli Uilyamsning goliga assistentlik qildi[6].

Xalqaro maydonda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Milliy Terma jamoa Mavsum Oʻyinlar Gollar
Uels 2010-11[7] 7 0
2011-12[7] 8 1
2012-13[7] 5 0
Umumiy 20 1

Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Morison futbolchilik faoliyati davomida Protec futbol akademiyasida murabbiylik litsenziyasiga sazovor boʻldi. Keyinchalik Steve UEFA Pro litsenziyasini qoʻlga kiritdi va 2019-yil oktyabr oyida oʻyinchi sifatida faoliyatini yakunlagach, Northampton Town va Millwall sobiq klublari akademiyalarida murabbiylik faoliyatini boshladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Club list of registered players: As at 19th May 2018: Millwall“. English Football League. Qaraldi: 2018-yil 18-iyun.
  2. The PFA Premier & Football League Players' Records 1946–2005. Queen Anne Press, 2005 — 438 bet. ISBN 1-85291-665-6. 
  3. „Steve Morison – ESPN“. ESPN Soccernet. 2009-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 19-avgust.
  4. Shuttleworth, Peter; Davies, Simon. „Wales considering Millwall striker Steve Morison call“. BBC Sport (2010-yil 27-may). Qaraldi: 2010-yil 15-iyul.
  5. „Morison and Blake receive Wales calls“. BBC Sport (2010-yil 28-iyul). Qaraldi: 2010-yil 28-iyul.
  6. Dulin, David. „Wales 5–1 Luxembourg“. BBC Sport (2010-yil 11-avgust). Qaraldi: 2010-yil 12-avgust.
  7. 7,0 7,1 7,2 Andoza:NFT